Yangiliklar

Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlarida – Hisobot-saylovlar

on .

Avval habar berganimizdek, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ishlari joriy yilning boshidanoq boshlab yuborilgan.

Hisobot-saylov jarayoni barcha darajadagi kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatida muhim ahamiyatga molik voqea hisoblanadi. Hisobot-saylovlarni talab darajasida o’tkazish, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2019 yil 25 dekabrdagi 16-5-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kas aba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o’tkazish to’g’risida Nizom talablarini so’zsiz bajarish borasida hamda hozirgi kunda ishchi-xodimlarimiz orasida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish uchun “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Rayosatining 2020 yil 22 iyul kuni 30-9 “o”-raqamli qaroriga ko’ra, sex va boshlang’ich tashkilotlarda hisobot-saylovlarni iyul-avgust oylarida, delegatlardan onlayn-anketa taklif-fikrlarni olish asosida o’tkazilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bugungi kunga kelib, hisobot-saylovlar Issiqlik elektr markazi, Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati, Texnika nazorati xizmati, Sanoat suv ta’minoti sexi, Markaziy analitik laboratoriyasi, Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Ohak zavodi, Sherobod va Jizzax sement zavodlari, Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi, Kovuldi koni, Shaxtaqurilish boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Mis eritish zavodi, Xonjiza kon boshqarmasi, Avtomobil transporti boshqarmasi va Rux zavodlarida o’tkazildi. Saylovlarga saylangan delegatlar o’z taklif va mulohazalarini anketa orqali ochiq oydin bildirdilar. O’z navbatida tushgan takliflar asosida kasaba uyushma qo’mitalari tarkiblari shakllantirildi. Sifat tarkibi shakllanayotgan vaqtida qo’mita ichida 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar, xotin-qizlar, Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, ko’p yillik tajribaga ega bo’lganlar va ishchilar manfaatlarini amalga oshirishda tashabbuskor va shijoatli nomzodlar hamda faollar saylanishiga alohida e’tibor berildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshlang’ich tashkilotlarning hisobot davridagi faoliyatlari tahlil qilindi. Kasaba uyushmasi a’zolari, ularning vakillari bilan hamkorlikda kelgusida boshlang’ich tashkilotning faoliyatini yanada kuchaytirish va takomillashtirish borasida yaqin kelajakka mo’ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olindi, tashkiliy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Umida DJALILOVA,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech