A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Veltslovchilar rux zavodi chempioni

on .

Yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlik, “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan tahdidlar va salbiy illatlardan asrash borasida turkum tadbirlarni tashkil etish Rux zavodi Yoshlar ittifoqining o`z oldiga qo`ygan muhim vaziflaridan biridir.

Korxonada ommaviy sport va sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida sport va ma`rifiy tadbirlarni muntazam ravishda o`tkazib borilishi o`z natijasini bermoqda. Ayniqsa, hayot tajribasiga ega bo`lgan insonlar va yoshlarning bir jamoaga yig`ilib, kurashlarga kirishishi faqat ijobiy natijalarga yo`l ochib borayotgani quvonarli holdir. Kuni kecha zavod sex va uchastkalari jamoalari o`rtasida o`tkazilgan mini-futbol bahslari fikrimizga isbot bo`la oladi. Katta tayyorgarliklar bilan boshlangan sport tadbirining har bir uchrashuvida maydonga tushgan jamoalarda g`oliblik ruhi ustun bo`ldi. Bu esa kurashlar so`nggi pallagacha qizg`in va murosasiz kechishini ta`minladi. Yakunida g`oliblik turnirga qizg`in hozirlik ko`rgan va ahil jamoalarga nasib qildi. Rux zavodining asosiy sexlaridan biri bo`lgan Elektrolit sexi jamoasi sharafini himoya qilgan havaskor futbolchilar shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy olishdi. Zavod kimyogarlari - Sulfat kislotasi sexining mini-futbol jamoasi bu gal ikkinchi o`rin bilan kifoyalandi. Veltslash sexi ishchi-xodimlaridan iborat jamoa barcha uchrashuvlarni g`olibona ko`tarinkilikda o`tkazgan holda Rux zavodi chempionligini qo`lga kiritdi. G`olib jamoalarga kombinat Kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovg`alari va pul mukofotlari final o`yinidan so`ng tantanali ravishda, muxlislar olqishlari ostida topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech