http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Chirchiqlik yoshlar Qalmoqqir konida

on .

Zavod va fabrikadagi tengdosh hamkasblari bilan fikr-mulohazalar almashib, tasavvurlarini boyitgan yosh sayohatchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga korxona mutaxassislaridan javoblar olishdi.

Yosh mutaxassislarning kasbiy ko`nikmalarini shakllantirish, ularning ratsionalizatorlik g`oya va takliflarini qo`llab-quvvatlash, ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb qilish hamda yoshlarni yangi innovatsion loyihalarini yaratishga turtki bo`lish, ularni qo`shni korxonalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish va u yerdagi yosh mutaxassislar tajribalari bilan o`rtoqlashish maqsadida o`tgan hafta Chirchiq shahridagi “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo`yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Yoshlar ittifoqi korxona ishchi-yoshlari bilan Qalmoqqir kon boshqarmasi, Mis eritish zavodi hamda Mis boyitish fabrikalariga sayohat uyushtirdilar.

Yosh ishchi-xodimlar dastlab Qalmoqqir konida bo`lishib, tomosha maydonchasida konning ma`dan qazib olishdan tortib, yuklash va boyitish fabrikalariga jo`natilishgacha bo`lgan jarayonlarini kuzatib bordilar. Qalmoqqir KB bosh dispetcheri Abdumavlon Boymatov kon tarixi va bugungi faoliyati haqida yoshlarga batafsil ma`lumotlar berar ekan, uning istiqboldagi rejalariga ham alohida to`xtalib o`tdi. Navbatdagi manzil MEZ va MBFga bo`ldi. U yerda ishchi yoshlar ob`ektlarga kirish yo`riqnomalarini o`tkazgan holda avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar kechayotgan - Maydalash va flotatsiyalash sexi, konverter-anod bo`limi, Metallurgiya sexi hamda Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining asosiy xom ashyosini yetkazib beruvchi Nodir metallar sexi faoliyati bilan tanishib, zaruriy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishdi. Zavod va fabrikadagi tengdosh hamkasblari bilan fikr-mulohazalar almashib, tasavvurlarini boyitgan yosh sayohatchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga korxona mutaxassislaridan javoblar olishdi. Mazmunli taassurotlar bilan qaytishar ekan, birlashma ishchi yoshlari kelgusida yana shunday sayohatlarni ko`plab amalga oshirishni rejalashtirib olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech