http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Do`stlik” sarg`olib

on .

Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo`lida bor kuch-g`ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o`qishga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish masalalariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha korxona va tashkilotlari qatori Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasida ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Boshqarma Yoshlar ittifoqining yuqoridagi yo`nalishlar bo`yicha belgilab olgan tadbirlar rejasiga asosan, “Bolajon” istirohat bog`ida “Zakovat” ligasining final bosqichi o`tkazildi. IOB barcha maktabgacha ta’lim muassasalari va xizmatlarining yosh ishchi-xodimlari sakkizta jamoani tashkil qilgan holda bilimdonlar maydonida o`z bilim va salohiyatlarini sinovdan o`tkazishdi. Boshqarmada bu kabi tadbir ilk bora tashkillashtirilayotganiga qaramasdan, g`oliblik uchun kurash jamoalar o`rtasida qizg`in tarzda o`tdi. 18- va 22-MTMning “Everest” jamoasi bilimdonlari sovrindor jamoalarning uchligidan o`rin oldi. “Intelligent” nomi ostida 34-, 31- va 28-MTM xodimlarini o`z safiga to`plagan jamoa ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ta’mir guruhi va 33-MTM xodimlaridan iborat “Do`stlik” jamoasi bilimdonlar bahsi g`olibligiga sazovor bo`ldi. G`olib va sovrindorlar boshqarma ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo`mitasining esdalik sovg`alari hamda diplomlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech