http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Dabdabadan xoli bo`lishimiz zarur

on .

Joriy yilning mart oyida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish to`g’risida”gi Qarorni va unga ilova tarzida Nizomni fuqarolar muhokamasiga taqdim etgan edi.

Mazkur Qarorning ijrosini ta’minlash, ayniqsa, bu borada targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishda yoshlar qatlamining faolligi ahamiyatlidir. “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yo`l transporti boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan bo`lib o`tgan tadbir fikrimiz tasdig’idir. “Dabdabali to`y va shunga o`xshash tadbirlarni ixchamlashtirish” deb nomlangan mazkur davra suhbatida kombinat boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo`yicha maslahatchisi v.b S.Baratov, shahar hokimi o`rinbosari S.Ahmedov, “Ramazoni sharif” jome masjidi vakili Ya.Ergashev, O`zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi raisi v.b M.Musaevlar o`z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Prezidentimiz o`tgan yili avgust oyida shahrimizga qilgan tashrifi chog’ida to`y-hasham va oilaviy tantanalarni soddalashtirish, ixchamlashtirish borasida o`z fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashgandi. Davra suhbati ishtirokchilari ham yurtboshimizning ana shu fikrlariga hamohang tarzda to`y va shunga o`xshash marosimlarni o`tkazishda ortiqcha as’asa-yu dabdabadan xoli bo`lishimizni, buning o`rniga farzandlarimizda kitob mutolaasi madaniyatini tarbiyalashimiz kerakligi borasida tavsiya va fikrlarni bildirib o`tishdi. STTB o`z otalig’iga olgan “Namuna” mahalla fuqarolar yig’ini ahli ham faol ishtirok etgan va tanqidiy ruhda o`tgan mazkur ma’naviy tadbir savol-javob hamda turli mulohazalarga boy bo`ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech