http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Xizmat yoshlari huzurida

on .

Globallashuv sharoitida yoshlarni yod g’oyalardan asrash, ularda mafkuraviy sog’lom immunitetni ta’minlash dunyoda, jumladan, Markaziy Osiyoda diniy aqidaparastlik, ekstremizm va xalqaro terrorizm hamda ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish muhim masalalardan biri bo`lib qolmoqda.

“Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashgan qo`riqlash xizmati Yoshlar ittifoqining ish rejasiga asosan, kuni-kecha o`tkazilgan “Diniy ekstremizm va halqaro terrorizmning yoshlar kelajagiga tahdid” mavzuidagi tadbiri aynan ana shu dolzarb masalalar muhokamasiga qaratildi. Xizmatning 100 nafarga yaqin yosh xodimlari ishtirok etgan tadbirda o`z ma’ruzasi bilan qatnashgan Olmaliq shahar “Ramazoni sharif” jome masjidi imom noibi Yahyo Ergashev ertamiz egalari bo`lgan yoshlarimizni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo`ravonlik va shafqatsizlik g’oyalaridan himoya qilishning diniy va dunyoviy asoslariga batafsil sharh berib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi IIV 1-IIB xodimi, podpolkovnik Malohat Maraziqova hamda mayor Farxod Pardaboevlar o`z ma’ruzasida bugungi kunda Markaziy Osiyo o`zining geosiyosiy mavqei, boy tabiiy va insoniy resurslari bilan jahondagi jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangani va bu mintaqa globallashuv jarayonlarining markazida turmagan bo`lsa-da, ammo Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotining muvaffaqiyati va ijtimoiy muammolarini bartaraf etish qobiliyati ko`p jihatdan bu davlatlarning dunyodagi yangi voqeliklarga naqadar moslasha olishishiga va “globallashuvga qo`shilib”, yangi tahdidlarni qanchalik bartaraf eta olishiga bog’liq bo`lib qolayotganini ta’kidlab, mamlakatimizda mazkur yo`nalishning huquqiy asoslari izchil yo`lga qo`yilganini bildirib o`tdi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berdilar. Diniy ekstremizm va halqaro terrorizmning ayanchli oqibatlari hikoya qilinadigan hujjatli film tadbir yakunida namoyish etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech