Yoshlar ittifoqi

MTMZ yoshlari tajriba almashishdi

on .

“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo`lidan o`tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo`lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”

SH.Mirziyoev

So`nggi yillarda mamlakatimizni dunyo miqyosidagi eng rivojlangan davlatlar sirasiga olib chiqish ustuvor vazifalardan biriga aylanib kelmoqda. Shu boisdan har sohada yangilikka intilib, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni yurtimizda targ’ib qilgan holda ishlab chiqarish jarayonini tubdan rivojlantirish maqsadida 2018 yilni Prezidentimiz “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb e’lon qildi. Ushbu Davlat dasturi doirasida “Olmaliq KMK” AJ Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi rahbariyati, kasaba uyushmasi qo`mitasi, korxona Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida yosh mutaxassislarni bilim va ko`nikmalari hamda tajribalarini oshirish maqsadida uch oy davomida yosh ishchi-xodimlar o`rtasida turli tanlovlar o`tkazib kelindi. Tanlovda ishtirokchilar o`zlarining mustaqil fikrli yangi innovatsion g’oyalari, tejamkor usulda mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, korxonada ishchilarga qulay mehnat muhitlarini yaratish borasidagi takliflarini referat tarzida bayon etishdi.

Tanlov yakuniga ko`ra, Avtotransport va maxsus texnikalarni ta’mirlash tsexi ishchisi Atxam Maxaev, Temirchilik-payvandlash tsexi ishchilari G’iyosxon Mamatov, Abror Sulaymonov, Mexanika-yig’uv sexi ishchisi Sardor Abduhakimov, Quyish tsexi ishchisi O`lmas Isoqovlar eng yaxshi g’oyalari bilan yuqori natijalar ko`rsatishdi.

Innovatsion takliflari munosib deb topilgan ishchi-xodimlar tajriba almashish, malakalarini yanada oshirish maqsadida o`tgan iyun oyida O`zbekiston Yoshlar ittifoqi BT raisi bilan birgalikda 5 kun davomida Navoiy mashinasozlik zavodida xizmat safarida bo`lishdi. Yoshlar korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga amaliy javob oldilar.

Ushbu xizmat safari zavod ishchilari uchun har tomonlama foydali bo`ldi, desak mubolag’a bo`lmaydi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech