Yoshlar ittifoqi

Mexanik-yig’uv sexi jamoasi tengsiz

on .

Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi kasaba uyushmasi qo`mitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida korxonada mehnat qilayotgan yoshlar o`rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida yana bir sport musobqasi tashkil etildi.

OKMK shaxmat klubida shashka bo`yicha o`tkazilgan chempionatda zavodning 6 ta jamoasi g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan chempionatda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Mexanik-yig’uv sexi shashkachilari mutlaq g’olib bo`lishdi.

Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni esa Avtotransport va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexi hamda Ta’mir mexanika uchastkasi jamoalari o`zaro bo`lishib olishdi.

G’oliblar tashkilotchilar tomonidan rag’batlantirildi.

Obid Abdullaev,

MTMZ Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech