http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Yosh mutaxassislar klubi” yoshlarni birlashtirishga xizmat qiladi

on .

Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan kombinat Yoshlar ittifoqi qoshida O’quv markazi va Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo’limi bilan hamkorlikda “Yosh mutaxassislar klubi” o’z faoliyatini boshladi.

Klub kombinatimizdagi kon ishi, metallurgiya, boyitish, mexanika, energetika kabi yo’nalishlarda faoliyat yuritayotgan va bevosita shu sohalarga aloqador bo’lgan yosh mutaxassislarni o’z ichiga oladi.

Kombinat kelajagi, yurt ravnaqi yo’lida yoshlarni birlashtirish, ularni kasbiy bilim va malakalarini oshirish hamda ko’nikmalarini shakllantirish, tajriba almashish va ularning innovatsion g’oyalarga bo’lgan intilishini yanada rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur klub o’z oldiga O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, “Olmaliq KMK” AJning ilmiy-texnik innovatsion faoliyatiga doir chora-tadbirlarini qo’llab-quvvatlash, klub a’zolari bilan hamkorlikda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni qo’llab-quvvatlash, OKMKdagi innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilmiy jihatdan amaliy va ekologik, shuningdek, ishlab chiqarishdagi bir qator muammolarni hal etishda, ularni yechimini topishda izlanish va takliflar berish kabi vazifalarni qo’ygan.

Fursatdan foydalanib, kombinatimizning kelajagiga befarq bo’lmagan, o’z ustida ishlashni, kasbiy bilim va ko’nikmalarini oshirishni istagan yoshlarni ushbu klubimizga taklif etib qolamiz. Buning uchun Siz o’zingiz faoliyat yuritayotgan korxonaning Yoshlar ittifoqi raisiga murojaat etishingiz lozim.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech