http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

G’anisher - “mard o’g’lon”

on .

9 yanvar kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Mard o’g’lon” intellektual sport bellashuvi tashkil etildi.

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bellashuvda kon boshqarmasining karer hamda tsexlarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlardan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bellashuv ishtirokchilari savol-javob, 100 metrga yugurish, turgan joyda uzunlikka sakrash, turnikda tortilish, granata uloqtirish kabi shartlar bo’yicha mahoratlarini namoyon etishdi.

Bahslar yakuniga ko’ra, barcha shartlarni a’lo darajada bajargan Havo elektr uzatish va kontakt tarmoqlari tsexi navbatchi elektr-chilangari G’anisher Joniqulov “Mard o’g’lon” sifatida e’tirof etildi. “Yoshlik I” koni elektrgazpayvandlovchisi O’rozali Tursunov hamda ta’mir-xo’jalik uchastkasi bo’yoqchisi Ma’ruf Uzoqovlar esa ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallashdi.

Bellashuv g’oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech