http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati kasaba uyushmasi qo’mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda Olmaliq Konchilik kasb-hunar kolleji hamkorligida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ana shu shior ostida o’tkazildi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda IHQX boshlig’i o’rinbosari Shuhrat Shanasirov, Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’i o’rinbosari Muhiddin Abdullaevlar IHQX shaxsiy tarkibini bayram bilan qutlashdi. Tadbir mehmonlari o’tgan davr mobaynida harbiy sohada olib borilgan islohotlar to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tishdi. Mehnat faoliyati davomida o’zini har tomonlama ko’rsatgan va barchaga o’rnak bo’lgan bir guruh faol xodimlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Olmaliq Konchilik KHK o’quvchilari tomonidan tayyorlangan harbiylarning jasorat namunalarini aks ettiruvchi sahna ko’rinishi olqishlarga sazovor bo’ldi. Ayniqsa, kombinatda mehnat qilayotgan yoshlardan iborat “Qaysarlar” jamoasining hajviy chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech