http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Temurbek izdoshlari

on .

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan OKMK Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Temurbek izdoshlari” nomi ostida sport musobaqasi tashkil etildi.

STTB tarkibidagi sex, bo’lim va xizmatlardan ishtirok etgan sportchilar turnikda tortilish, uzunlikka sakrash, 50 metr masofaga yugurish, brusda ko’tarilish kabi shartlar bo’yicha bellashishdi.

Musobaqaning yakuniy natijasiga ko’ra, Vagon xizmati jamoasi g’olib, deb topildi. Ikkinchi o’rinni esa 3-temiryo’l sexi jamoasi egalladi. Uchinchi o’rin 1-temiryo’l sexi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa g’oliblari STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom, esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech