http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Islohot bu yangilanish, o’zgarish degani

on .

22 yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ Qalmoqqir kon boshqarmasida 2019 yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag’ishlanib tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Olmaliq shahar hokimligi investitsiya bo’limi mutaxassisi Sh.Madibragimov, O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi apparat rahbari A.Shodiev hamda “Metallurg” MS  kutubxonasi lektori L.Sherbanlar ishtirok etishdi.

Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda Prezidentimizning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim vazifalari to’g’risidagi Parlamentga yo’llagan Murojaatnomasi o’rganib chiqildi.

-Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida bu yilda bajarilishi lozim bo’lgan bir qator muhim vazifalar belgilab berildi, -deydi A.Shodiev. - Jumladan, yurtboshimiz o’z murojaatnomalarida 2019 yilga belgilangan asosiy yo’nalishlar sirasida mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan vazifalarni sanab o’tib, ijtimoiy soha, zamonaviy va oqilona boshqrauvni joriy etish, sud-huquq sohasini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish haqida alohida to’xtaldi. Ayniqsa, bu yil yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun xorij investorlarini jalb etish, investitsion dasturlarni amalga oshirish muhim ekanligi aytib o’tildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, islohot bu yangilanish, o’zgarish deganidir.

Tadbirda ishtirok etgan yosh mutaxassislar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech