Yoshlar ittifoqi

Har bir ishga innovatsion usulda yondashing

on .

19 fevral kuni “Metallurg” MSda “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan kombinat yosh mutaxassislari ishtirokida OKMK bosh muhandisining fan ishlari bo’yicha o’rinbosari v.b. Abdurashid Hasanov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda kombinatda mehnat qilayotgan har bir yosh mutaxassisning ilm olishi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi, o’z sohasining intiluvchan, izlanuvchan va tirishqoq egalari barcha maqsadlariga albatta, erishishlari ta’kidlandi. Tadbir davomida olim tomonidan ta’limning bakalavriatura, magistratura, doktorantura kabi yo’nalishlarida o’qish uchun kombinat ishchi-xodimlari hamisha qo’llab-quvvatlanishi bildirilib, bilim olish uchun nimalar qilish kerakligi xususida batafsil ma’lumot berildi.

- Har bir insonning o’z oldiga qo’ygan maqsadi bo’lishi kerak, - deydi A.Hasanov - Ishlayotgan joyingizda bir yangilik qiling. Ishga innovatsion usul bilan yondashishga harakat qiling. Buning uchun albatta, ilm olish zarur. Mana bugun siz yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklari ochilayapti. Bir paytlar shlaklar tarkibida chiqitga chiqib ketgan nodir va qimmatbaho metallarni qayta ishlab, olishimiz kerak. Hozirda osmiy metallini olish ustida ish olib borayapmiz. Bularni kim qiladi? Siz aziz yoshlar. Mashhur Edisonni olaylik. Elektr tok qarshiligi natijasida baribir nur hosil bo’ladi, deya izlanishdan to’xtamagan. Oxiri volfram va molibden metallarini sinab ko’rgan, lampochkani ixtiro qilib, maqsadiga yetgan. Bir deganda maqsadingiz amalga oshmaydi. Barchasiga osonlik bilan erishib bo’lmaydi. Faqat va faqat ilm olish lozim. Yana bir yangilikdan sizlarni xabardor qilmoqchiman, kuni kecha kombinatimiz rahbariyati nomiga Respublika innovatsion rivojlanish vazirligidan xat kelgan. Unda ma’lum qilinishicha rus, ingliz, nemis va koreys tilini mukammal biladigan, asosan metallurgiya sohasida mehnat qilayotgan mutaxassislarning malakalarini oshirish uchun ular MDH hamda xorijiy davlatlarga o’quv kurslariga yuboriladi. Tanlangan nomzodning ish o’rni saqlab qolinib, barcha harajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Ushbu masala bo’yicha Yoshlar ittifoqiga murojaat qilasizlar.

Shu kuni uchrashuv davomida ishtirokchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis olimdan batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech