http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Kitobdan yiroq bo’lmaylik

on .

Kitob-taraqqiyot kalitidir. Kishidagi komillikka bo’lgan ishtiyoq uning kitobga bo’lgan muhabbatidan boshlanadi. Olis o’tmish haqiqatlari, kashfiyotlar, mumtoz va zamonaviy asarlar, ona tabiat, koinot sir-asrorlaridan xabardor etguvchi ham aynan kitobdir.

Ayni jihatlar haqida kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ Ixtisoslashgan ta’mir ishlar boshqarmasi ishchi-yoshlari bilan birgalikda bo’lib o’tgan kitobxonlik kechasida ham alohida so’z bordi.

Kombinat O’quv markazi xodimasi Shahlo Karimova tashabbusi bilan Akademik, OKMK bosh muhandisining ilm-fan bo’yicha o’rinbosari Abdurashid Hasanov uy kitobxonasida tashkillashtirilgan kitobxonlik kechasi ishchi-xodimlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ular safida mehnat qilayotgan yosh yigit-qizlarning ma’naviy dunyoqarashi va kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish hamda ular orasida kitobxonlikni targ’ib etish maqsadlariga qaratildi. Olim xonadoniga tashrif buyurgan mehmonlar ustozning badiiy va sohaga oid ijod namunalaridan bahramand bo’lishib, kitobning inson ma’naviyati yuksalishidagi beqiyos o’rni, barkamollik sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug’lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot - kitobning qadri haqidagi fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Ma’naviy ozuqa olishib, bir fursat kitoblar olamiga sayyohat qilishdi.

Darhaqiqat, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun ham yurtimizda kitob bilan oshno bo’lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni muqaddas bilib, qorachig’idek asraganlarni ziyoli deb ataganlar. Shunday ekan, kitobdan yiroq bo’lmaylik, uning ma’naviy ozuqasidan bahra olaylik. Zero, kitobdan bilim, zavq-shavq va bahra olish odamning botinini, ruhini tozalaydi. Yaxshi kitob va boy kutubxona - ma’nolar maxzanidir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech