Yoshlar ittifoqi

Rahbar xodimlar sport majmuasida

on .

6 aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ sport hayotida ilk bor kombinat rahbar-xodimlarining yugurish va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bo’lib o’tdi.

Kombinat Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “OKMK” sport majmuasi tashkillashtirilgan mazkur tadbirda ishlab chiqarish korxonalarining rahbar-xodimlari faol ishtirok etishib, erta tongdan start zonasiga yig’ilishdi. Ko’tarinki ruh va xushkayfiyatda boshlangan yugurish, sport mashqlari va musobaqalarda havaskor ishchi-yoshlar ham o’z omadini sinab ko’rishdi. Jumladan, Yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushmasi Kengashi faollariaro futbol o’yini ham o’tkazildi. Sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, korxonalar jamoalarida sog’lom mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida o’tkazilgan bu kabi sport tadbirlari endilikda kombinat yoshlari va ishchi-xodimlari o’rtasida ham tashkillashtirilishi ko’zda tutilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech