http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Kombinatning eng yaxshi yosh boyituvchisi

on .

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tomonidan kombinat yoshlari o’rtasida “Eng yaxshi yosh boyituvchi - 2019” kasb mahorati tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Xonjiza, Angren, Chodak kon boshqarmalari va Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasidan 30 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari kompyuterlashtirilgan “Mening test bilimlarim” dasturi asosida boyitish jarayonlari o’z ifodasini topgan 25 ta test savollari orqali o’z bilimlarini imtihondan o’tkazishdi. Test sinovlari yakunlariga ko’ra, 72 balldan yuqori natijaga erishgan boyituvchilar ikkinchi bosqichda qatnashish imkoniga ega bo’lishdi. Tanlovning ushbu bosqichida ular xom ashyolarni boyitish jarayonlarida foydalaniladigan texnologik qurilmalar, texnologik ko’rsatkichlarni ta’minlaydigan hisoblar, qo’llanilayotgan reagentlar, mehnat qonunchiligi, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasiga doir savollarga javob berib o’tishdi. Jamoaviy mis-molibden konsentratlarini quyuqlashtirish va saralash jarayonlarini amalga oshirgan holda MBFning yakuniy mahsuloti bo’lgan mis konsentratlarining metallurgiya sexida uzatish bilan shug’ullanib kelayotgan Mis molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi flotatori G’ulomjon Toshpo’latov tomonidan to’plangan ballar uni tanlovda 3-o’rinni qo’lga kiritishiga xizmat qildi. Boyitish jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlarini belgilab beradigan flotatsiyalash asosiy va nazorat flotatsiyalarini, ikki bosqichda konsentratlarni qayta tozalash va yarim tayyor mahsulotlarini qo’shimcha ravishda maydalash kabi murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kombinat bosh boyitish fabrikasi Maydalash va flotatsiyalash sexi flotatori Nargiza Abdumurodova o’z bilim va mahoratini ishonchli tarzda namoyon etib, faxrli ikkinchi o’rin sohibasiga aylandi. “Pirmirob” va “Guzaksoy” konlari rudalarini tsianlash, cho’ktirish va sementlantirish kabi o’ziga xos uslublarda boyitilishi amalga oshirib kelinadigan Chodak kon boshqarmasi sharafini himoya qilgan Oltin saralash fabrikasi ta’mirchi- chilangari Muxtorjon Murzohamidov 1-o’rinni qo’lga kiritdi va “Olmaliq KMK” AJ yosh ishchi-xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi yosh boyituvchi” tanlovi g’olibi deb topildi. Tanlov g’olib va sovrindorlari pul mukofotlari hamda maxsus diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech