http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Safda yuramiz shahdam

on .

“Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida 9 may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan xizmatning shaxsiy tarkibi guruhlari miqyosida saf tayyorgarlik bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada IHQX shaxsiy tarkibining 14 jamoasi g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Jamoalar safda turish qoidalari, saf bo’lib harakatlanish, safda buyruqlarni bajarish kabi shartlarni amalga oshirdilar.

Musobaqa yakuniga ko’ra, A.Shodmonov rahbarligidagi 4-komanda 2-guruh jamoasi uchinchi o’rinni egallashdi. I.Ataxonov yo’lboshchiligida 4-komanda 4-guruh jamoasi esa faxrli ikkinchi o’ringa munosib topildi. Barcha shartlarni a’lo darajada bajargan A.Sharapov boshchiligidagi 4-komandaning 3-guruh jamoasi esa musobaqa g’olibiga aylandi.

Bellashuv g’oliblari kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Inomjon Matmusayev,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech