Yoshlar ittifoqi

“Bilimdonlar maydoni” g’oliblari taqdirlandi

on .

Xabaringiz bor, “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan joriy yil 11 may kuni “Bilimdonlar maydoni” intellektual o’yini start olgan edi.

Intellektual ilmga ega va zakovatli ishchi-yoshlarni o’zida birlashtirgan mazkur bilmdonlar bahsi konchi-metallurglar kasb bayrami arafasida finalga yetib keldi.

Kombinatning 25 ta korxona, sex va bo’limlaridan jami 200 nafar yoshlar ishtirok etgan ushbu zakovat o’yinining g’oliblari kuni kecha aniqlanib, ijro apparatida bo’lib o’tgan yig’ilishda kombinat boshqaruv raisi A.Xursanov g’olib bo’lgan jamoalarni qutladi. Ya’ni 3-o’rin Mis boyitish fabrikasi, 2-o’rin Avtomobil transporti boshqarmasi va 1-o’rin hamda ko’chma kubok sohibiga aylangan Mis eritish zavodi rahbarlariga yosh mutaxassislar tomonidan qo’lga kiritilgan Diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

Bilimdonlar bellashuvi g’oliblari egallagan o’rinlariga qarab 600 000 so’m, 800 000 so’m va 1 000 000 so’mdan pul mukofotlariga ega bo’lishdi. Yuqori o’rinlarni egallagan 8 ta jamoa endilikda bilim, tafakkur va zakovat o’yini bo’lgan “Bilimdonlar maydoni”ning televizion o’yinida ishtirok etishadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech