http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Yosh mutaxassislar klubi”: sanoat ekskursiyasi

on .

29 may kuni “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasi Yoshlar ittifoqining “Yosh mutaxassislar klubi” yoshlari Angren kon boshqarmasiga sanoat ekskursiyasini uyushtirishdi.

Bundan ko’zlangan maqsad bo’lajak yosh rahbarlarning dunyoqarashini kengaytirish, kombinat texnologiyasi haqidagi bilimlarini yanada oshirish va Angren KBda erishilgan tajribalarning ijobiy tomonlarini o’rganib, o’z jamoalarida tatbiq etishdir. Sanoat sayohati yakunida olmaliqlik boyituvchi yoshlar bilan Angren KB yoshlari do’stona davra suhbatiga to’plandilar. Ular ishlab chiqarish va mavjud texnologiyalar, zamonaviy jihoz va uskunalar bo’yicha fikr almashishib, bahs-munozara yuritishdi.

Mis boyitish fabrikasi Yoshlar ittifoqining “Yosh mutaxassislar klubi” a’zolari kombinatning barcha korxonalari, shuningdek, mamlakatimizdagi turdosh korxonalarga ham sayohat tashkil etishni rejalashtirishgan. Rejaga ko’ra, navbatdagi manzil - “Navoiy KMK” DK.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech