Yoshlarga oid yangiliklar

Kombinat charog’bonlari chempion

on .

“Olmaliq KMK” AJ korxonalarida mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo’lgan ishchi-xodimlar o’rtasida o’tkazib kelinayotgan “Yoshlar spartakiadasi-2019” sport musobaqasi doirasidagi mini futbol bo’yicha bahslar 8 iyun kuni o’z nihoyasiga yetdi.

22 jamoa ishtirok etgan musobaqa finaliga “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda Elektr tarmoqlari bosh-qarmasi jamoalari yetib kelishdi. Final bahsi ham kutilganidek murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. Kombinat charog’bonlari bo’lgan ETB jamoasi raqiblari tomonidan yo’l qo’yilgan xatolardan unumli foydalangan holda ikki marotaba gol urishib, amaldagi yilning chempionlari bo’lishdi.

M.ALMATOV,

ETB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech