http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Rahbarlar ishchilar huzurida

on .

“Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasining faollar zalida ishchi-xodimlar bilan rahbariyatning uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Xavfsizlik bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari I.Xodjimuratov, Xodimlar bo’yicha boshqaruv raisi o’rinbosari A.Mirzajonov, Boshqaruv raisining Yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi B.Salimov va fabrika direktori R.Siddiqovlar ishtirok etishdi.

Va bir kun avval fabrikada ishchi guruh tomonidan o’rganilgan kamchilik va muammolar tahlil etildi. Ayrim masalalar shu joyning o’zida yechim topdi. Yirik muammolar rahbariyat bilan birga hal etilishi belgilandi.

Uchrashuvda boshqaruv raisi o’rinbosarlari so’zga chiqar ekan, ishchilar eng avvalo, o’z ish joyini qadrlashi, jinoyatchilikka yo’l qo’ymasligi, uning oldini olishda barcha birdek harakat qilishi lozimligini ta’kidladilar. Shuningdek, keyingi vaqtlarda fabrika ishchilariga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ya’ni ish taqsimlash, yuvinish xonalari, oshxonalar ta’mirlanib, shinam holga keltirilgani, bular ishchilarning ijtimoiy himoyasi yo’lida amalga oshirilayotgani haqida batafsil gapirib o’tishdi. Fabrika ishlab chiqarishida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, bu yutuqlarda ishchilarning munosib ulushi borligi, endilikda yanada yaxshi ishlash va ishni to’g’ri tashkil etish, samaradorlikka erishish to’g’risida ham alohida to’xtalishdi. Ishchilar esa o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga rahbarlardan javob olishdi.

Ishchilar bilan rahbarlar o’rtasida o’tkazib kelinayotgan bu kabi ochiq muloqotlar, shubhasiz, o’zining ijobiy samarasini beradi.

Ulug’bek ALIMOV,

MBF Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech