http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Huquqbuzarlikning oldini olish barchamizning burchimiz

on .

“Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasiga qarashli “Temiryo’lchilar” madaniyat saroyida kombinat Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati Yoshlar ittifoqi, Olmaliq shahar ixtisoslashtirilgan prokuraturasi, 1-sonli maxsus IIB, shuningdek, Olmaliq shahar “Ramazoni sharif” jome masjidi hamkorligida mamlakatimizda 30 iyun - yoshlar kuni munosabati bilan o’tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarning ma’naviy-huquqiy tushunchalarini yanada shakllantirish hamda muhtaram Prezidentimizning 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xizmat xodimlari bilan profilaktik davra suhbati tashkillashtirildi.

Tadbirda Olmaliq shahar 1-sonli IIB xodimlari A.Narxajjaev, M.Marazikovalar yoshlar o’rtasida uning oldini olish bo’yicha targ’ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish, huquqbuzarlikning kelib chiqish sabablari, bunga imkoniyat yaratuvchi sharoit va omillar xususida to’xtalib, barchani ogohlikka chaqirdi va bundan keyin ham ishchi-yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlari muntazam olib borilishini ta’kidlab o’tishdi. Shundan so’ng, “Ramazoni sharif” jome masjidi imom noibi Ya.Ergashev hamda STTB boshlig’ining tovar-moddiy boyliklari butligi bo’yicha o’rinbosari N.Tog’aevlar so’zga chiqishib, ishchi-yoshlarga murojaat qilishar ekan, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish faqat davlatning yoki huquq-tartibot idoralarining vazifasi emas, balki u hammamizning va har birimizning burchimiz ekanligini, jinoyatlar sodir bo’lmasdan uning oldini olish choralarini ko’rish ayni muddao ekanligini misollar bilan tushuntirib o’tishdi.

Qayd etish lozimki, o’tkazilgan profilaktik davra suhbati ishchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda, o’z hatti-harakatlariga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Inomjon MATMUSAEV,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech