Yoshlar ittifoqi

Nazoratchilar o’zaro bellashishdi

on .

“Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida kuni kecha shaxsiy tarkibninig kasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, o’z kasbiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Eng yaxshi nazoratchi” ko’rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlov bellashuvlarida IHQXning har bir guruhlaridan jami 16 nafar nazoratchilar ishtirok etishdi. Musobaqada ishtirokchilar amaliy va nazariy sinovlar orqali g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, 3-komanda 4-guruh nazoratchisi F.Ergashev faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi. 4-komanda 3-guruh o’qchisi M.Yo’ldoshboev 2-o’rinni egallagan bo’lsa, IHQXning 2019 yildagi “Eng yaxshi nazoratchisi” nomiga 2-komanda 3-guruh nazoratchisi A.Abdumannobov loyiq topilib, musobaqa g’olibi, deb e’lon qilindi.

Inomjon MATMUSAEV,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech