A- A A+

Yoshlarga oid yangiliklar

Bayram uyushqoqlikda nishonlanadi

on .

Mamlakatimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida ham yoshlarning ijtimoiy hayoti, tarbiyasi, ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi vazifalarini tizimli, bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi.

Har bir davlat yosh avlodni demokratik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilishning uddasidan chiqishi, ularni ijtimoiy jihatdan yetarli darajada qo’llab-quvvatlashi shart. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda 261 nafardan ziyod yoshlar mehnat qilib kelayotgan birlashmamizda “Adabiyotga e’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlar mazmunan boy tarzda o’tkazilishida iqtidorli shoir, bir necha kitoblar muallifi, birlashma ishlab chiqarish ustasi Nuriddin Qurolovning xizmatlari alohida bo’lmoqda. Birlashma Yoshlar ittifoqining yana bir faol a’zolari bo’lgan Munisa Qoraboeva va Sarvinoz Solaydinovalarning tashabbuslari bilan bir qator intellektual musobaqalar yoshlar o’rtasida keng miqyosda o’tkazildi. Kuni kecha Yoshlar kuni munosabati bilan sport estafeta bahslari, yugurish marafoni va mini futbol o’yinlari yuqori tashkilotchilikda  tashkillashtirildi. Ayni yoshlarimizning bayrami kunlarida yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko’lamli ishlar yana bir mazmun kasb etadi. Asosiy maqsad esa murakkab texnologik zanjirga ega bo’lgan birlashma hayotida yoshlarning o’z o’rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratib berishdir.

Nurbek XAYRULLAEV,

NMQQICHB IICHB direktorining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech