http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Faol yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi

on .

Bilimli avlod - buyuk kelajagimiz, tadbirkor xalq - farovon hayotni, do’stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir. Yoshlik - unga go’zallik, qat’iyatlilik xos. Mana shu hislatlardan to’g’ri foydalana bilgan yoshlarning ertasi nurlidir.

O’sib kelayotgan yosh avlod tufayli davlat kelajagi bardavom va barqarordir, aynan bugungi yoshlar Vatanimiz ertasining egalaridir. Yoshlik - eng muhimi, uning ertasi bor. Shu bois ham har qanday ishga qo’l urmasin, uni albatta, yakuniga yetkazishdan cho’chimaslik, tavakkal qilish, goho yutqazish, yutish - yoshlikning go’zalligi ham, afzalligi ham mana shunda. OKMKning muhim transport bo’g’inlaridan biri hisoblanuvchi Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasida o’zining ertangi kuniga qat’iyat bilan qarovchi va maqsadlari yo’lida shahdam harakat qiladigan yoshlar mehnat qilib kelishadi. “Temiryo’lchilar” madaniyat markazida Yoshlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir buning yaqqol isboti bo’ldi. STTB boshlig’ining umumiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Baxtiyor Abdiraimov yoshlar boshqarmada doimo yetakchi kuch bo’lib kelganini hamda bugungi kunga kelib temiryo’lchi yoshlar zimmasiga yanada mas’uliyatli vazifalar yuklanayotganini, shuningdek, boshqarma jamoasi oldida turgan vazifalar ijrosida yoshlar hissasi alohida bo’lishini bildirib o’tdi. Madaniy- ma’rifiy tadbir “Shahnoz” raqs jamoasining dilbar raqsi bilan boshlandi. Boshqarmaning “GREF STAIL” quvnoq va zukko yoshlari jamoasining sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga xushkayfiyat bag’ishladi. Iste’dodli aktyor Oybek Xolmedov, yoshlarimizning sevimli estrada xonandalari Lobar Umarova va Feruza Abdullaevalarning go’zal taronalari temiryo’lchi yoshlarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Tadbir so’nggida bir guruh faol yoshlarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari topshirildi. Kombinat bosh ruhshunosi Viloyat Davletova STTB yoshlarining iste’dod qirralari va faolligini ta’kidlab o’tdi. So’ng, yoshlar oldinda turgan vazifalar ijrosi yo’lida bajarilishi lozim bo’ladigan tadbirlarni belgilab olishdi.

Zafariddin ISLIDDINOV,

STTB Yoshlar itifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech