http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Yoshlar kuni munosib nishonlandi

on .

Yurtimizning barcha hududlarida bu yil ilk bor o’tkazilgan Yoshlar kuni bayram tadbirlari shahrimiz Olmaliqda ham yuksak saviyada tashkil etildi. 29 iyun kuni erta tongdan shahrimizdagi istirohat bog’lari, xiyobonlarda yoshlar sayillari o’tkazildi. Shu kuni faol yoshlar shahrimiz markaziga to’planishib, bayram tantanalarini ko’tarinki ruhda kutib olishdi.

Ular “Yoshlar bog’i”da yoshlar ko’rgazmasini tashkil etishib, sanoat maketlari, rang-tasvir asarlari, milliy hunarmandchilik buyumlarini namoyish etishdi. Eng faol va namunali kombinat yoshlarining uylariga tashrif buyurgan holda ota-onalariga tashakkurnomalarni topshirishdi, sobiq “Mayakovskiy” bog’idan “Oltin olma” xiyoboni tomon yurish marafoni va “Oltin olma” xiyobonida bir qator estradamiz yulduzlari ishtirokida konsert dasturlarini uyushtirdilar.

Konsert dasturida Olmaliq shahar hokimi O’ktamjon Karimov va “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanovlar ishtirok etishib, shahrimiz aholisi va kombinatimiz yoshlariga o’z bayram tabriklarini izhor etishdi. Kombinat miqyosida o’tkazilgan “Yosh kitobxon”, “Yosh rahbar” tanlovlari g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Yoshlar kuni munosabati bilan ta’sis etilgan “Yoshlar fidokori” esdalik ko’krak nishonlari ishlab chiqarish, sport va boshqa yo’nalishlarda o’z iqtidorlarini namoyon etgan, shuningdek ijtimoiy hayotda faollik ko’rsatib kelayotgan bir qator yosh ishchi-xodimlarga tantanali ravishda topshirildi. Jumladan, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” nominatsiyasi bo’yicha IOB yoshlar Ittifoqi raisi Ixtiyor Dosov, “Eng yaxshi yosh ratsionalizator” - YaTML xodimi Orifjon Usmonqulov, “Yoshlar tarbiyasiga munosib xissa qo’shayotgan ayol” nominatsiyasi bilan - Portlatish materiallari zavodi xodimasi Buhojar Rahimova, “Eng yaxshi yosh sportchi” - Qalmoqqir kon boshqarmasi ekskovator mashinisti Sardor Nazarov, “Yoshlar ta’lim tarbiyasida eng yaxshi rahbar” nominatsiyasida esa Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi boshlig’i Bunyod Qurbonovlar mukofotlanishdi.

Tantanali bayramda yosh sportchilarning ko’rgazmali chiqishlari, badiiy jamoalar, estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech