http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Yosh mutaxassislar anjumani

on .

13-14 iyul kunlari “Moviy tog’lar” oromgohida kombinat korxonalari mutaxassislari va yoshlarining “Yoshlar slyoti” bo’lib o’tdi.

OKMKning yosh mutaxassislar klubi, texnik kengash a’zolari va bir qator faol yoshlar taklif etilgan mazkur tadbirning dastlabki kunida yurtimizning eng kuchli psixolog trenerlaridan biri bo’lgan Viloyat Davletova va O’zbekiston davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhiddinovalar ishtirokida seminar-treninglar bo’lib o’tdi.

Trening murabbiylari yoshlar bilan ikki guruhga bo’lingan holda ish olib borishdi. Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmatida faoliyat olib borayotgan yosh oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan mazali kechki ovqatdan so’ng, slyotning kechki badiiy dam olish qismi qismi boshlandi. Barcha gulxan atrofida yig’ilishib miriqib raqsga tushishib, qo’shiq kuylashdi.

Slyotning ikkinchi kunida kombinat yoshlar Ittifoqi qoshida ochilgan “Yosh mutaxassislar klubi” (metallurglar, boyituvchilar, konchilar, energetiklar, mexaniklar)faoliyati ham yoshlarimiz tomonidan ko’rib chiqilib, o’zaro ma’lumot va tajribalar almashish uchun qulay imkoniyat yaratildi. Yoshlarimizning dunyoqarashini yanada ijobiy tomonga o’zgartirish, kombinat yoshlari o’rtasida do’stona munosabatni yanada kuchaytirish, ularning innovatsion salohiyatini faollashtirishni ma z ku r tadbir o’z oldiga maqsad qilib holda ko’zlangan natijalarga erishildi, deb yakdil xulosa qilish mumkin. Shu bilan birgalikda “Yosh ratsionalizator” tanlovini o’tkazish, uni tashkil etish va yoshlarni ratsionalizatorlik faoliyatiga jalb etish bo’yicha ham fikr mulohazalar tinglandi. Anjuman yakunida yoshlar Ittifoqi, yosh mutaxassislar klubi, texnik kengash faoliyatlarini yanada yaxshilash va yoshlarning o’z ustilarida doimiy ishlashlari va shu kabi boshqa muhim masalalar yuzasidan bir qator maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Tabiat qo’ynida noodatiy tarzda o’tgan ikki kunlik anjuman yoshlarimizning kelajakdagi faoliyatlariga ijobiy ta’sir etib, kombinatimizning yanada gullab yashnashiga xizmat qiladi degan umiddamiz!

Zokir ABDUSATTOROV,

OKMK Yoshlar ittifoqi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech