http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

KVNni davom ettiramiz...

on .

6 iyul kuni Bekobod shahridagi metallurglar madaniyat saroyida “O’zmetkombinat” AJning 75 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.

Unda mehmon sifatida “Olmaliq KMK” AJning “SMAK” KVN terma jamoasi ishtirok etdi. Bekobodlik metallurglarni shonli sana bilan qutlagan KVNchilarimiz ularni ajoyib chiqishlari bilan xursand qilishdi. Shu o’rinda bizga bekobodlik metallurglarga o’z ijodiy sovg’amizni tuhfa qilish imkoniyatini yaratib bergan tashkilotchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Olti kundan keyin, ya’ni 12 iyul kuni Toshkent hududiy KVN ligasining ¼ finali o’tkazildi. “Metallurg” MSda bo’lib o’tgan ¼ bahslarida Mis eritish zavodining “Atom”, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasiining “Zagruzka”, 16-umumta’lim maktabining “Molodaya krov” jamoalari o’zaro bellashdilar. “Atom” va “Zagruzka” jamoalarining o’tkir yumor ostidagi chiqishlari hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo’ldi. Va ular bellashuvning keyingi bosqichiga yo’l olishdi.

Rustam RASULOV,

OKMK KVN loyihasi rahbari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech