http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Faol yoshlardan «Tozalik aksiya»si

on .

Xabaringiz bor, amaldagi yilning sentyabr oyida «Olmaliq KMK» AJning 70 yilligi nishonlanadi. Ana shu qutlug’ sana munosabati bilan kombinat Yoshlar ittifoqi faollari tomonidan xayrli ish amalga oshirildi.

Shijoatli yoshlarning tashabbusi bilan Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasiga qarashli “Moviy tog’lar” oromgohida “Tozalik aksiya”si o’tkazildi. Aktsiyada Mis boyitish fabrikasi, Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati, Iste’mol mollari ishlab chiqarish, Sanoat temiryo’l transporti, Ijtimoiy ob’ektlar, Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmalarining faol yoshlari oromgohni obod holga keltirishdi. Ular tomonidan o’t-o’lanlar yulinib, chiqindilar olib chiqildi. Faol yoshlarning ushbu tashabbusi tengdoshlariga namuna bo’lishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech