http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Boshqarma yoshlari “Zakovat” va mini futbol baxslarida

on .

Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasining yillik ish rejasiga asosan boshqarma tarkibiy bo’linmalari yoshlari o’rtasida kombinatning 70 yilligiga bag’ishlanib “Zakovat” intellektual o’yini va yoshlar o’rtasida mini futbol musobaqalari o’tkazildi.

“Zakovat” intellektual o’yinida boshqarmaning 6 ta tarkibiy bo’linmalaridan iborat jamoa ishtirok etdi. O’yin natijasiga ko’ra, 3-o’rinni Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchastkasi jamoasi, 2-o’rinni boshqarma yoshlaridan tashkil topgan jamoa egalladi. Faxrli 1-o’rinni esa Kasanachilikni tashkil qilish sexi jamoasi qo’lga kiritdi. G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi.

Mini futbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqada esa boshqarmaning 6 ta tarkibiy bo’linmalaridan iborat jamoalar o’zaro g’oliblik uchun yashil maydonga tushdilar. Qiziqarli kechgan bahslarda 3-o’rinni Iste’mol mollari ishlab chiqarish va suv qadoqlash sexi jamoasi egalladi. 2-o’rin esa boshqarma yoshlaridan iborat jamoaga nasib etdi. Barcha raqiblaridan ustun kelgan holda Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish uchastkasi musobaqa g’olibiga aylandi. G’oliblar tashkilotchilar tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech