http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Bilimdonlar” jamoasi g’olib

on .

“Olmaliq KMK” AJ tashkil topganligining 70 yilligi munosabati bilan 2 avgust kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida zavod sexlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

Unda Mexanik-yig’uv sexining “Bilimdonlar”, Quyish sexining “Metallurglar”, Avtomobilь va maxsus texnikalarni ta’mirlash sexining “Zukkolar”, temirchilik-payvandlash sexining “Erudit” hamda Energetika bo’limining “Energetiklar” jamoalari o’z zukkoliklarini namoyon etishdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo’lgan bilimlar bellashuvida “Bilimdonlar” jamoasi mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi. “Metallurglar” va “Zukkolar” esa kuchli uchlikdan joy olishdi.

G’oliblar kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan turli darajadagi diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech