http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

"Yil yetakchisi-2019"

on .

Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasining turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining tashabbuskorlik, zehnlilik va ziyraklik hislatlarini kashf etish hamda kombinatimizning 70 yillik yubileyi munosabati bilan boshqarmada "Yil yetakchisi - 2019" ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar "Mening amalga oshirgan ishlarim", " Savol-javob", "Psixologik test" shartlari bo’yicha bellashishdi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 3-o’ringa 18-MTT yoshlar yetakchisi Nilufar Norenova, 2-o’ringa 22-MTT yoshlar yetakchisi Munavvar Mansurova loyiq ko’rildi. "Yil yetakchisi 2019" nominatsiyasi g’olibi 31-MTT yoshlar yetakchisi Nilufar Qambaraliyeva bo’ldi. Ishtirokchilarga esdalik sovg’alar, tanlov g’olibasiga esa 500 000 ming so’m pul mukofoti topshirildi. Shu bilan birgalikda Nilufar 1 oy davomida IOB yoshlar Ittifoqi raisi lavozimida ish olib borish imkoniyatiga ham ega bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech