http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Buldozerchilar mahorati sinovdan o’tkazildi

on .

10 oktyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yillik yubileyi munosabati bilan Avtomobil transporti boshqarmasi avtokorxonalarida mehnat qilayotgan 30 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan buldozer mashinistlari o’rtasida kasb mahorati tanlovi o’tkazildi.

Ishtirokchilar kasbiga oid bilim va ko’nikmalarini tanlovning nazariy hamda amaliy shartlarida yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Mashinistlar o’zlari boshqarayotgan texnikalarning vazifalari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga doir savollarga batafsil javob berishib, amaliy shartda xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda buldozerni boshqarish usullarini ko’rsatib o’tishdi.  

Tanlov yakunlariga ko’ra, birinchi o’rinni A. Suyarov qo’lga kiritgan bo’lsa, ikkinchi o’ringa A. Suleymanov munosib topildi, uchinchi o’rin esa Z. Rahmonovga nasib etdi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Jasur TOG’AYEV,

ATB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech