http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Orifjon – Eng yaxshi yosh lahm o’tuvchi

on .

14 noyabr kuni Chodak kon boshqarmasiga qarashli konlarda mehnat qilayotgan yosh lahm o’tuvchilar o’rtasida “Eng yaxshi yosh lahm o’tuvchi” nomli ko’rik-tanlov o’tkazildi.

Ko’rik-tanlov shartlariga ko’ra, ishtirokchilar amaliy va nazariy shartlar bo’yicha kasbiy ko’nikmalarini sinovdan o’tkazishdi. Tanlov yakunlariga ko’ra, faxrli uchinchi o’rinni Pirmirob koni lahm o’tuvchisi Ahmadjon Qo’chqorov egalladi. Ikkinchi o’rin esa uning hamkasbi Shahzod Alinazarovga nasib etdi. Barcha shartlarni bekamu ko’st bajargan Guzaksoy koni lahm o’tuvchisi Orifjon Xolmatov mutlaq g’olib bo’lib birinchi o’rinni egalladi.

G’oliblar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Abduvali Boboyev,

Chodak KB  Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech