Yoshlar ittifoqi

Oshxona yangi jihozlar bilan ta’minlandi

on .

Angren kon boshqarmasining ma’muriy binosi, shu bilan birga oshxonasi kapital ta’mirlanib, mutlaq yangi qiyofa kasb etgan edi.

Boshqarmaning 60 o’rinlik bo’lgan oshxonasi 120 o’ringa kengaytirildi. Kuni-kecha bu yerga zamonaviy oshxona jihozlari, stol-stullar keltirildi.

Angrenlik ishchi-xodimlar tushlik talon summasining 50%ga oshganidan mamnun. Oshxona oshpazlari tomonidan ovqatlarning turlari ko’paytirilib, sifati yanada oshirilmoqda.

Angrenlik konchi-metallurglar doimiy ravishda ijtimoiy himoya qilib kelinayotgani uchun kombinat rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirib qoladi.

Doston KARIMOV,

AKB Yoshlar Ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech