http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

“Yoshlar sadosi” ko’rik-tanlovining finali bo’lib o’tdi

on .

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o’tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda musiqa, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishini oshirish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to’g’risida”gi videoselektor majlisida millatimiz kelajagi bo’lmish yoshlarimizni har tomonlama sog’lom, aqlli va barkamol o’sishlari uchun barcha kuch-qudratimizni yo’naltirish lozimligi alohida ta’kidlangan edi. Bugun joylarda o’tkazilayotgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, san’at tanlovlarida ham mana shu vazifa aniq maqsad qilib olingan.

OKMK Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi yosh ishchisi Ulug’bek Absatovning loyihasi bo’lgan “Yoshlar sadosi” ko’rik tanlovining ham Olmaliq shahar va Kombinat Yoshlar ittifoqi ko’magida o’tkazilishi yoshlarni san’atga, ayniqsa musiqa va kuy-qo’shiqqa bo’lgan iqtidorini qo’llab quvvatlashga qaratildi.

“Yoshlar sadosi” ko’rik tanlovining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 10 nafar yosh ijodkorlar 26 noyabr kuni “Metallurg” madaniyat saroyida o’tkazilgan final bosqichida katta sahnada o’z iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, 3-o’rin milliy estrada yo’nalishida kuylagan OKMK STTB ishchisi Azizbek Jumunazarovga nasib etdi. 2-o’rinni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-bosqich talabasi Timur Aysin qo’lga kiritdi. Xorij estradasi yo’nalishida kuylagan ohangaronlik yosh ijodkor Dildora Rahimova o’zining jozibador ovozi bilan 1-o’ringa loyiq deb topildi.

G’oliblarga Yoshlar ittifoqining esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlari topshirildi. Shu bilan birga, g’oliblar keyinchalik Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtiriladigan tadbir va konsertlarda ishtirok etish huquqiga ega bo’lishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech