http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

G’oliblar kombinat tanlovida ishtirok etadi

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Angren quvur zavodida “Yosh rahbar-2020” tanlovining final bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda saralash bosqichlarida hamkasblarini o’z bilim va ko’nikmalari bilan ortda qoldirib, finalgacha yetib kelgan 6 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

Ular kasbiy mahorat va iqtidorlarini nazariy va amaliy shartlar asosida hakamlar hay’atiga havola etib, muammoli vaziyat va ishlab chiqarishga oid o’z takliflarini taqdimot ko’rinishida ifoda etishdi. Bellashuvda 3-o’rinni havo taqsimlash operatori Dilshod Ibragimov, 2-o’rinni elektromontyor Xurshid Bo’taev va faxrli 1-o’rinni nazorat-o’lchov asboblari chilangari Begzod Yusupalievlar egalladi. G’olib va sovrindorlarga zavod kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Mazkur tanlov g’oliblari “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi tomonidan o’tkaziladigan tanlovda ishtirok etishadi.

Maqsudjon TOJIBOYEV,

Angren quvur zavodi Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech