http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Bilimdonlar “Zakovat” maydonida

on .

Olmaliq Konchilik kasb-hunar kolleji va uning otaliqqa olgan OKMK transport korxonalaridan biri bo’lgan Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi o’rtasida yo’lga qo’yilgan hamkorlik nafaqat ta’lim muassasasi modiy-texnika bazasini balki o’quvchi yoshlarning bilim va salohiyatarini oshirishga ham yo’naltirilgan.

O’tgan hafta kombinat temiryo’lchi yoshlari tashabbusi ostida kollej yoshlari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yinlarining final bosqichi tashkillashtirildi.  So’ngi hal qiluvchi bosqichgacha yetib kelgan “Ideal”, “Konchilar”, “Iste’dod”, “Aristokratlar” “Nobel va “Albion” jamoalari g’oliblik uchun kurash olib borishdi.  Bilimdonlar har bir turda 12 tadan savollarga javob berishga harakat qilishdi.  Yosh bilimdonlarning musobaqasi qizg’in kurashlar ostida o’tdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, “Konchilar” jamoasi faxrli uchinchi o’rinni egalladi.  “Ideal” jamoasi bilimdonlari shohsupaning ikkinchi pog’onasidan joy olishdi.  Tengdoshlariga nisbatan bilim va mulohazakorlik qirralarini namoyon qilgan “Nobel” jamoasi mutloq g’oliblikni qo’lga kiritgan holda Konchilik kollejining ko’chma kubogini qo’lga kiritdi.

Shohruh O’rozaliyev,

2-TYTS Yoshlar ittifoqi yetakchisi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech