http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Mis eritish zavodida test jarayonlari yakunlandi

on .

Avval xabar berganimizdek, «Olmaliq KMK» AJ Mis eritish zavodining sex va bo’limlarida mehnat qilayotgan 90 nafarga yaqin smena ustalaridan OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova tomonidan psixogiometrik test olindi.

Bir hafta davom etgan jarayonda xodimning temperament tipi, ruhiy holati, empatik qobiliyatlari darajasi, o’ziga ishonchi, ishga layoqati va shaxs sifatlari aniqlandi. O’tkazilgan test yakunlariga ko’ra, bir necha smena ustalari bilan individual ish olib borish bo’yicha kelishib olindi.

Bu kabi test kelgusida sex boshliqlari hamda bosh mutaxssislar o’rtasida ham o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Bugundan boshlab esa Mis boyitish fabrikasida test jarayonlari boshlanadi.

Murodjon Karimov,

MEZ direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech