http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Kombinatining eng yaxshi bilimdoni masofadan turib aniqlanadi

on .

Xabaringiz bor, 13 apreldan boshlab  «Bilimdonlar maydoni» intellektual o’yini karantin sharoitida masofaviy tarzda “Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqining «OKMK Yoshlari» telegram kanali orqali onlayn rejimda o’tkazila boshlandi.

4 mayga qadar  35 yoshgacha bo’lgan kombinat ishchilari saralash bahslarida ishtirok etishdi. Ushbu o’yinlarda jamoa emas balki har kim o’zi uchun ishtirok etadi. Har kuni oqshomda soat 18.00da, 19.00da va 21.00da beriladigan mantiqiy savollarga bir soat  mobayonida javob berish o’yin sharti hisoblanadi. Ishtirokchilardan yo’llanadigan javoblarni qabul qiladigan maxsus bot ham ishga tushirildi. O’zbekiston tarixi, iqtisodiyot, geografiya, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni qamrab olgan savollarga ishtirokchilar mantiqiy nuqtai nazardan kelib chiqqan hoda javob berib borishdi.

O’yinda 1200 nafar kombinat ishchilari ishtirok etishib, hatto angrenlik, jizzaxlik, xonjizalik va chodaklik yoshlar ham faol qatnashishdi.

155 nafar ishchi-xodim faol bo’ldi. Kuchli beshlikdan esa  Bobur Sobirjonov (O’quv markazi), Aziz Ziyavuddinov (MBF),  Abdulla Botirov, Sardor Narimanov va Ravshan Maksumov (ICHAB)lar joy olishdi.  Shuningdek, o’yinda O’quv markazi, ICHAB, MBF, MTMZ va IOB ishchi-xodimlarininig faol ishtiroki kuzatildi.

4-8 may kunlari o’yinning 5ta yarim finali o’tkazilib, unda 1200 nafar ishtirokchi o’z bilimlarini sinab ko’rishdi. Har bir savolga javob uchun yarim soat belgilandi. Bu haftada esa o’yining final bosqichi o’tkaziladi. Final o’yinida eng bilimdonlar videokonferensiya rejimida bellashishadi. Ularga 11 ta savol berilib, har bir savolga javob bir daqiqda berilish talab etiladi. Final o’yinida eng kuchli 3 nafar bilimdon aniqlanib, ular kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining sovg’alari bilan taqdirlanishadi.

Ulug’bek ALIMOV,

MBF yoshlar ittifoqi raisi, "Bilimdonlar maydoni" o’yinining olib boruvchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech