http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Yoshlar ittifoqi

Sa’y-harakatlarning qadriga yetaylik

on .

Bugun yurtimizda kechayotgan karantin vaqtida xalqimizning birdamligi va o’zaro mehr-oqibati ham sinovdan o’tmoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi.

Bu vaziyatda karantinli va inson uchun xavfli bo’lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo’lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni nazorat qilish, aholi tinchligi va faravonligini ta’minlash maqsadida barcha mas’ul idoralar xodimlari baholi qudrat xizmat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, shahrimiz Olmaliqda ham bu boradagi vazifalar soha ishchi-xodimlari tomonidan samarali amalga oshirilayapti.

Yuzaga kelgan cheklovlar davrida belgilangan hududlarda tekshiruvlar olib borish, xavfsizlik choralarini ko’rish, gigena qoidalarining nazorati hamda majburiy qoidalar buzilishini oldini olish bo’yicha qat’iy amalga oshirilayotgan ishlar natijasi o’laroq, shu kunga qadar shahrimizda kasallikka chalinish holatlari kuzatilmadi. Bu kabi mas’uliyatli vazifalarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati qorovul-xodimlarining ham hissalari alohida bo’layotganini ta’kidlash lozim. Xizmat vakillari shahar ichki ishlar organlari, sanitar-epidemiologiya va yo’l patrul xizmati xodimlariga kunu-tun yelkadosh bo’lgan holda o’z yordamlarini berib kelishmoqda. Ayni kunlarda ular uy karantiniga olingan hamshaharlarimizning uydan zaruratsiz ko’chaga chiqmasligi va uyni belgilangan muddat davomida tark etmasligi hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida uy egalarining manzillarida ham kun-tun nazorat ishlarini olib borishayapti. 

Aziz hamshaharlar! O’zimizni, yaqinlarimizni va butun shahrimiz aholisini bu balodan asraylik. Bugungi karantin sharoitida xizmat burchini bajarayotgan ichki ishlar, milliy gvardiya, xavfsizlik xizmati xodimlariga halaqit bermaylik. O’z jonini havf ostiga qo’yib koronavirus infeksiyasi bilan olishayotgan, fidoiylik namunasini ko’rsatayotgan, bugungi kunning qahramonlari bo’lgan aziz shifokorlarimizning mehnatini qadrlaylik. Koronavirusga qarshi kurash yo’lidagi sa’y-harakatlarning qadriga yetaylik.

Inomjon Matmusayev,

IHQX Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech