Yoshlar ittifoqi

Bitiruvchilar bilan onlayn-brifing o'tkazildi

on .

30 iyun yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizda “Yoshlar oyligi” o’tkazilayotganidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan rahbarlar hamda yoshlar o’rtasida turli uchrashuvlar, onlayn-brifinglar tashkil etilib, yoshlarni qiynayotgan masalalar o’rganilmoqda. Jumladan, Olmaliq shahrida ham yoshlarni qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi so’zimizning isbotidir.

20 iyun kuni Olmaliq shahar hokimligida oliy o’quv yurti bitiruvchilari hamda shahar hokimi Usmon Rahimov ishtirokida onlayn-brifing bo’lib o’tdi. Shahar hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari shahrimizdagi korxona-tashkilot rahbarlari bilan “ZOOM” platformasi orqali masofaviy brifing tashkil etib, bugungi kunda yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar, hamda ularni ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

100 dan ortiq yoshlar ishtirok ettgan brifingda OKMK AJ, "Ammofos-Maksam" AJ, "Jo’rabek" laboratoriyasi, Tibbiyot birlashmasi, Xalq ta’limi bo’limi hamda Aholi bandligiga ko’maklashish markazi vakillari bo’sh va vakant ish o’rinlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech