http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Ijro apparati


Tog’-konchilik bo’limi

Bo'lim boshligi: Mirahmedov Abdixallok Melibayevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Tog’-konchilik ishlari bo’yicha kon tashkilotlari tomonidan hisobot oyi, yiliga va bashorat ko’rsatkichlari bo’yicha, uzoq davrlarga belgilangan rejalar bajarilishini  o’z vaqtida tashkil etish va ta'minlash.
  • Tog’-konchilik ishlarining belgilangan va tasdiqlangan yo’nalishlarda va tog’-konchilik ishlari hajmida olib borilishi ustidan nazorat o’rnatish.
  • Yer qa'ridan foydali qazilmalarni to’laligicha qazib olishni nazorat qilish, me'yoridan ortiq yo’qotishlar va ko’zda tutilmagan ishlarga yo’l qo’ymaslik, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, balans rudalari va balans orti rudalari va ustki qatlam jinslari to’g’ri joylashtirilishi bo’yicha talablarni bajarish.
  • Ichki imkoniyat, zahiralardan maksimal darajada foydalangan, rivojlangan texnologik jarayonlarni joriy etgan holda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va tog’-konchilik ishlari samaradorligiga erishishga, tog’-kon o’tish va tozalash ishlari  tannarxini keskin tushirishga va tog’-konchilik ishlari rentabelligini oshirishga ko’maklashish.

 

Marksheyderlik bo’limi

Bosh marksheyder - bo'lim boshlig'i: Umarov Anvar Axmadjanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Tabiiy boyliklardan foydalanishda davlat manfaatlarini ta'minlash.
  • Tabiiy boyliklar konlarini ochish to’g’ri olib borilishida, konlarni qurish va qayta jihozlash, bino va inshoatlarni tog’-konchilik ishlarini olib borish davomidagi ta'sirlarda muhofaza qilish yuzasidan ma'muriy va ishlab chiqarish nazoratini o’rnatish.
  • Foydali qazilmalar  konlaridan to’laqonli va kompleks foydalanish va tabiiy boyliklarni saqlanishini ta'minlash.
  • Konlar, boyitish va metallurgiya majmualarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini loyihalashtirish, qurish, qayta jihozlashda, bosh loyihalarni tuzish, yerdan foydalanishda va kombinat istiqbollarini oshirish ishlarida marksheyderlik, geodezik va topografik ishlar o’z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash.
  • Kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan marksheyderlik, geodezik va topografik ishlarga yo’nalish berib borish, kombinat marksheyderlik xizmati ishini takomillashtirish va qayta qurollantirish bo’yicha takliflar va loyihalar kiritish.

 

Geologiya bo’limi

Bosh geolog - bo'lim boshlig'i: Avladov Iskandar Buranbayevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Tog’-konchilik korxonalarining foydali qazilmalar bo’yicha xom ash'yo bazasini mustahkamlash, razvedka qilingan foydali qazilmalar ishonchligini oshirish, foydali qazilmalar konlaridan to’laqonli va kompleks foydalanish va tabiiy boyliklarni saqlash;
  • Foydali qazilmalarni qazib olish bo’yicha tog’-konchilik korxonalarini loyihalashtirish va qayta jihozlash ishlarida, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish  hamda tabiy boyliklardan boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan yer osti inshoatlarini qurishda  va ulardan foydalanishda geologik nuqtai nazardan o’z vaqtida va sifatli ta'minlash.
  • Tabiiy boyliklarni geologik o’rganish bo’yicha ishlarni tashkil etish va olib borish uslublarini fan, texnika hamda ilg’or tajribalarini qo’llash asosida olib borishni takomillashtirish.
  • Tabiiy boyliklardan foydalanish, tabiiy boyliklarni geologik o’rganish, tabiiy boyliklarni muhofaza qilish bo’yicha talablarni bajarish, yer qa'ridan asosiy va boshqa tabiiy boyliklarni to’liq birgalikda olib chiqish, shu jumladan qazib olingan xom-ash'yodarni qayta ishlash va boyitish yuzasidan ma'muriy nazoratni o’rnatish.
  • Tasurrufidagi geologik tashkilotlarning yuqori samaradorlikda ishlashini tashkil qilish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech