http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Ijro apparati

Iqtisodiyot va moliya masalalari bo'yicha  boshqaruv raisi o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari 


EKSPORT BO’LIMI

Bo'lim boshlig'i:  Zokirov Azizjon Xasanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-16

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Eksport va tolling shartnomalari shuningdek respublika ichki bozorida qayta ishlash shartnomalari ijrosini ta'minlash.
  • Yaqin va uzoq horij davlatlariga eksport qilish hajmlarini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish hamda "Olmaliq KMK" AJ mahsulotlari tashqi sotuv bozorini kengaytirish.
  • Horijiy firmalarning rasmiy tashriflarini tashkil etish va amalga oshirish. Xorijiy kompaniyalar vakillariga viza bo’yicha ko’maklashish.

 

ICHKI SOTUV BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i: Qodirov Botir Azizovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Sifat menedjmenti tizimida sifat qo’llanmasi talablarini bajarish.
  • Mis mahsulotlari, metalli rux, sulfat kislotalari bo'yicha materiallar muvozanatini o'z vaqtida kiritish va bajarish.
  • Respublikadagi iste'molchilari uchun tayyor mahsulot sotishga shartnoma bilan ta'minlash.
  • Iste'molchilar bilan qayta bog'lanish.

 

MOTIVIZATSIYALASH VA ISH HAQINI TASHKIL ETISH BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i v.v.b.: Kambarov Abduraim Mukumjonovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari: 

  • Har bir ishchini mehnat salohiyatidan unumli foydalanish  asosida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan mehnatni tashkil etish va me’yorlashtirish, ish haqi va moddiy rag’batlantirish tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
  • Ish haqi shakli va tizimlarini,  mehnatga haq to’lash yagona tariflar setkasini, mehnat bo’yicha  texnik asoslangan me’yor va normativlarni to’gri qo’llash.
  • Asosiy vazifalarini bajarish uchun bo’lim aksiyadorlik jamiyatining korxonalari, sexlari, xizmatlari faoliyatini mehnat va ish haqini tashkil etish sohasini muofiqlashtiradi.

 

BOSH HISOBCHI/MARKAZIY HISOBXONA

Bosh hisobchi: Ten Natalya Konstantinovna

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Hisobchilik hisobi hisoblarida xo’jalik jarayonlari, aktivlar holati va harakati, kombinat faoliyatining majburiyatlari va natijalari holati haqidagi, iqtisodiy tahlil va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan to’liq va haqqoniy ma'lumotlarni shakllantirish.
  • Mulkning mavjudligi va harakatlanishi, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan tasdiqlangan normalar, normativlar va smetalarga binoan foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash.
  • EHM qo’llash asosida hisobchilik hisobining ilg’or uslublari va shakllarini, komplekli avtomatizatsiyasini joriy etish.
  • Kombinatning xo’jalik-moliyaviy faoliyatidagi salbiy hodisalarni o’z vaqtida oldini olish.

 

G’AZNACHILIK VA MOLIYALAR XIZMATI

Xizmat boshlig'i: Sxay Viktoriya Aleksandrovna

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

Asosiy vazifalari:

  • Kombinatni moliyaviy resurslarini ta'minlash, istiqbol topshiriqlarini bajarish, ishchi va xizmatchilarga oylik ish haqi, pensiyalar, va nafaqalarni o’z vaqtida to’lash, budjet va byudjetdan tashqari fondlar, banklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi to’lov majburiyatlarini o’z vaqtida to’lanishi.
  • "Olmaliq KMK" AJ asosiy fondlari va aylanma vositalari va moliyaviy resurslaridan saqlanishini va samarali foydalanilishi ni ta'minlash.

 

ISHLAB CHIQARISH VA XARAJATLAR MONITORINGI BOSHQARMASI

Boshqarma boshlig'i: Russkova Svetlana Eliseevna 

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

Asosiy vazifalari:

  • "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarish faoliyatini istiqbolini belgilashni amalga oshirish, iqtisodiy masalalar bo’yicha ishlarga rahbarlik qilish.
  • Sexlar bo’yicha texnik-iqtisodiy rejalashtirish bo’yicha tahliliy ishlarni tizimli takomillashtirish, uslubiy materiallar ishlab chiqish.
  • Chiqarilayotgan mahsulotlarga, ko’rsatilayotgan xizmatlarga shartnomaviy narxlarni, shuningdek kombinat bo’linmalari o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar uchun ichki rejali-hisob narxlarini ishlab chiqish.
  • Kombinatning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati va joriy istiqbollari bajarilishini nazorat qilish, ish yakunlarini umumlashtirish, butun "Olmaliq KMK" AJ bo’yicha texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarni tuzish.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini tahlil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish zahiralarini qidirish, shuningdek tannarxni pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarishga umumiy rahbarlik qilish.
  • "Olmaliq KMK" AJ bo’yicha statistik va boshqa so’ralayotgan hisobotlarning o’z vaqtida taqdim etilishini ta'minlash.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech