http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Ijro apparati

Bosh muhandis - Boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari bo'limlari va xizmatlari


 

BOSH ENERGETIK XIZMATI

Bosh energetik-xizmat boshlig'i: Timoshuk Dmitriy Viktorovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Kombinat korxonalarini energiyaning barcha turlari bilan uzliksiz va sifatli ta’minlanishini tashkil etish, energojihojlar va energomoslamalarni texnik qo’llanilishini va ularni avariyasiz ishlashini ta’minlovchi rejaviy-ogohlantiruv ta’mirini tashkil etish.
  • Eenergojihojlardan foydalanish texnik darajasini doimiy ravishda oshirib borish, energiya, yoqilg’i va ikkilamchi energo zahiralardan oqilona foydalanish bo’yicha ishlarni tashkil etish.
  • Energetik quvvatlarni o’z vaqtida oshirib borish va zamonaviy texnikalarni joriy etish.

 

BOSH MEXANIK XIZMATI

Bosh mexanik-xizmat boshlig'i: Raxmatullin Ruslan Anvarovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Sanoat binolari, ishlab chiqarish uskuna-jihozlari, uzatma moslamalarining texnik holati yuzasidan rahbarlikni amalga oshirish, shuningdek, uskuna-jihozlarning  xavfsiz, halokatsiz hamda iqtisodiy samarali ishlashini ta'minlash.
  • Kombinat korxonalarini ehtiyot qismlari va ta'mir materiallari bilan ta'minlash.
  • Ilg’or texnologiyani, himoya qobiqlar va yangi materiallarni taqbiq etish yo’li bilan, jihozlarning mustahkam va uzoq muddat ishlashini oshirish bo’yicha ishlarning tashkil etish, mazkur ishlarni  texnik boshqaruvini tashkillashtirish.
  • Ta’mirlash-mexanika xizmati tarkibigi kiruvchi bo’limlar, uchastkalarning ishlab chiqarish quvvatidan unumli foydalanishini ta’minlash.
  • Mexanizasiyalarni rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash tizimi asosida jihozlarni ta’mirlashni ta’mirlash  va texnologiyasi  takomillashtirish,  ilg’or tajriba hamda yangi uzellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqishni joriy etish.
  • Ta’mirlash-foydalanish ehtiyojlariga ajratilgan moddiy resurslardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlash.

 

TRANSPORT VA LOGISTIKA BO’LIMI

Bo'lim boshlig'i: Mavlyankulov Umar Irgashevich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Sanoat temiryo’l va avtomobil transporti boshqarmalarining bir maromda ishlashini, lokomativlar, vagonlar, avtotransportlar va boshqa transport vositalaridan unumli foydalanishni tashkil etish.
  • Boshqarmalarning transport vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish "Olmaliq KMK" AJ transport tashuvi bilan ta’minlash.
  • Temiryo’l va avtomobil transportlari tomonidan elektrenergiyasi, yoqilg’i-moylash maddalari va texnik vositalaridan oqilona foydalanishni amalga oshirish.
  • Ichki zahiralardan maksimal darajada foydalanish, “O’zbekiston temiryo’llari” DAK parki va MDH vagonlarining yuklangan holda turib qolishini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida transport vositalarining samaradorligini oshirish va tan-narxni tushirish.

 

STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATSIYALASH XIZMATI

Sifat bo'yicha bosh menejer-bo'lim boshlig'i: Mavlanov Abdushukur Sultanovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy vazifalari:

  • Kombinat korxonalari mutaxasislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun standartlar, texnik shartlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiish (me'yoriy hujjatlar mavjud bo’lmaganida), shuningdek, ularni o’z vaqtida qayta ko’rib chiqish yuzasidan takliflarni tayyorlash.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi standartlar, texnik shartlar shuningdek standartlashtirish, sertifikatlash va kombinat sifat menejementi bo'yicha rahbarlik va uslubiy materiallarni ishlab chiqish.
  • Kombinat fondida mavjud bo’lgan me'yoriy hujjatlarni doimiy ravishda aktuallashtirib borish.
  • Kombinat ishlab chiqarilayotgan mahsulot majburiy sertifikatlash bo’yicha ishlarni olib borish.
  • Sifat menedjmenti tizimidagi faoliyat va jarayon hujjatlarining doimiy ish holatini ta'minlash va Sifat menedjmenti xizmati natijaviy yakunlarini yaxshilab borish.
  • Standartlash bo’yicha tashkiliy-metodik boshqaruv ishlarini, kombinat korxonalarida Sifat menejmenti tizimini va mahsulotlarni standartlash hamda metodik yordam ko’rsatishni amalga oshirish.
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga shtrix kod olish bo’yicha ishlarini amalga oshirish.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech