http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

2015 yil 1-chorak natijalari

Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2014 yilning tegishli davriga nisbatan qiyosiy narxlarda "Angren quvur zavodi" UKni hisobga olgan holda 108,0% tashkil etdi, shu jumladan "Olmaliq KMK" AJ -106,2%.

Mis ma'dani qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 102,4% tashkil etdi, mis mahsuloti ishlab chiqarish esa 116,1%, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,0% tashkil etdi, rux metalli 100,1%, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,5%, affinajlangan oltin 100,1% va affinajlangan kumush 100,3% tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 102,7%, o’sish sur'ati 102,8% tashkil etdi.

Geologiya-qidiruv ishlari dasturiga binoan 2015 yilning 1-choragida asosiy jismoniy hajmlar bajarilishi quyidagilarni tashkil etdi: yer osti lahmlarini o’tish - rejaga nisbatan 104,0% (o’sish sur'ati 175,9%), kalonkali quduqlarni burg’ulash 100,4% (o’sish sur'ati 117,6%) 5,0 mlrd. so’m o’zlashtirildi.

2015 yilning 1- choragida eksportga mahsulot chiqarish 101,2%, shu jumladan mis mahsuloti 102,2% tashkil etdi.

"Uzb RTSB" OAJ birja savdolari orqali mis mahsuloti sotish 101,4%, Rux metalli -100,5% bajarildi.

Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat qiymati 2,8 mlrd. so’m bo’lgan ( KKS hisobga olmagan holda) xalq iste'moli mollari ishlab chiqardi yoki topshiriqqa nisbatan 100,8% o’sish sur'ati 101,2% tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2014 yildagi 2264-PQ-sonli qaroriga binoan 7 loyihani amalga oshirmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 464,5 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2015 yilning 1-choragida o’zlashtirish 8,5 mlrd. so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,5 % tashkil etdi.

Mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi:

Nomlanishi Reja
(mln. so’m)
Amalda
(mln. so’m)
% bajarildi  
1 Mis eritish zavodida Yangi eritish o'chog’ini qurish      
2 Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho'q" yer osti uchastkasini qurish      
"Qalmoqqir" koni balansorti ma'danlarini ishlashga jalb etish 255,6 255,8 100,1
Mis boyitish fabrikasi maydalash va yanchish bo’linmasini rekonstruksiya qilish (qayta ta'mirlash) 4089 4109,4 100,5
Jizzax viloyatida sement zavodini kegaytirish      
6   MTMZ quyish va mexanika-yig’uv sexini rekonstruksiya qilish      
Eskirgan jihozlar o’rniga yangi jihoz, uskunalar xarid qilish 4089 4113,7 100,6
  JAMI  8434 8479 100,5

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 118,9 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 101 ta shartnoma tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda Tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahallyilashtirish dasturi to’g’risidagi" 2298- PQ-sonli qaroriga binoan "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 67,0 mlrd. so’m bo’lgan 27 loyihani amalga oshirmoqda, 2015 yilning 1- choragida qiymati 11,0 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi yoki istiqbolga nisbatan 112% tashkil etdi.

2015 yilning 1-choragida qiymati 28,6 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,0% butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.07.2014 yildagi 2200-PQ-sonli qaroriga muvofiq "Olmaliq KMK" AJ davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritilmagan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2015 yildagi "Sanoatda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2015 yilda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi, ushbu chora-tadbirlar majmuida mahsulot tannarxini 139 668 mln. so’m yoki 7,2% ga pasaytirish ko’zda tutilgan.

Ishlab chiqarish harajatlarinin kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija 17386 mln. so’m yoki topshiriqqa nisbatan 100,2%, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish - 14462 mln. so’m. yoki 100,2%.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.04.2015 y holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik xosil bo’lmagan holda 107,1 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa -150,2 mlrd so’m, muddati o’tgan kreditorlik qarzdorlik - 3,5 mlrd.so’mni tashkil etadi.

Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmalik KMK" AJ da 2015 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlari 2015 yilning 1-choragida quyidagilarni tashkil etdi:

- eng yuqori soatlarda yuklamalarni kamaytirish - 68 MVt;
- elektrenergiyasi - 25,1 mln. kVt/s;
- yoqilg’i - 7,4 mln. m³;
- issiqlik energiyasi - 3,25 ming. Gkal.;
YOER iqtisod qilish - umumiy qiymati 6,4 mlrd. so’m.

Dasturga binoan 2015 yilda 251 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 215 ish o’rni va investisiya dasturi bo’yicha 36 ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

2015 yilning 1-choragida sohani rivojlantirish bo’yicha 73 yangi ish o’rni yaratildi yoki istiqbolga nisbatan 105,8% tashkil etdi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 864 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 355 muxandis-texnik xodimlar, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda - 85 kishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadi.

To’lov-shartnoma asosida 97 kishi o’qimoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 32,0 mln. so’mni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan oltita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda. Homiylik yordami miqdori 3,5 mln so’mdan ortiq ko’rsatkichni tashkil etadi.

2015 yilning 1-choragida kombinat tarkibiy bo’linmalarida 1580 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o’tadi.

Ushbu davrda 58 kishi ishga joylashtirildi, shundan 37 nafar o’rta maxsus kasb-hunar o’quv muassasalari va 21 nafar Oliy o'quv yurtlari bitiruvchilaridir.

"Olmaliq KMK" AJ da ma'naviy va jismoniy eskirgan uskunalarni modernizasiyalash va zamonaviy va jahon miqyosida sinalgan yangi uskunalarga almashtirish bo’yicha loyihalar jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu loyihalar jadvalida umumiy qiymati 6,7 mln. doll tashkil etuvchi 27 ta uskunalarni yangilash ko’zda tutilgan. 2015 yilning 1- choragida qiymati 125,0 ming. doll. tashkil etuchi 4 ta uskuna almashtiildi.

"Olmaliq KMK" AJ da energiyaning alternativ manbaalaridan foydalanishni kenagaytirish chora-tadbirlari bajarilmoqda. "Angren quvur zavodi" UK va Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkida geliyli qurilmalarni joriy etish tarmoq jadvali tasdiqlangan. Uskunalarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzilmoqda.

Kombinatda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar bajarilmoqda. Chora-tadbirlarda UVU qatnashchilari va ishlamayotgan pensionerlarga moddiy yordam ko’rsatish, ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilariga oziq-ovqat mahsulotlari majmui ajratish, reabilitasiya uchun yordamchi texnik vositalar xarid qilish, sanatoriy va profilaktoriylarda ularni sog’lomlashtirishni tashkil etish va boshqa tadbirlar uchun 4,3 mlrd. so’m sarflanishi ko’zda tutilgan. 2015 yilning 1-choragida belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun sarf-harajatlar miqdori 635,8 mln. so’mni tashkil etdi.

Kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida 2015 yilning 1-choragida:

  • Qishloq xo’jaligi mahsulotlari (pomidor va bodring) - 30,1 t.
  • Go’sht mahsuloti - 10,9 t.
  • Sutli mahsulotlar - 484,3 t yetkazib berildi.

O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan taxliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda. Kombinatda mehnatkashlarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

2015 yilning 1-choragida 43 ta yozma arizalar va 2 ta og’zaki arizalar kelib tushgan. 11 ariza bo’yicha chora ko’rildi, 32- ariza bo’yicha tushuntirildi, 2 ta ariza ko’rib chiqilmoqda.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish va davolanish.

Yuklab olish (Format - PDF, hajmi - 318 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech