http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

2017 yil I yarimyillik yakunlari

Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2016 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 103,4 % tashkil etdi.

Mis ma'dani qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 100,7 %, mis mahsuloti ishlab chiqarish esa 102,0 %, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,0% tashkil etdi, rux metali 127,6 %, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 101,6 %, sul'fat kislotasi 117,1 %, molibden uchokisi 118,8%, affinajlangan oltin 100,0 % va affinajlangan kumush 100,3 % tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 100,4 %, o’sish sur'ati 102,8 % tashkil etdi.

Geologiya-qidiruv ishlari dasturiga binoan 2017 yil I yarimyilligida asosiy jismoniy hajmlar bajarilishi quyidagilarni tashkil etdi: yer osti lahmlarini o’tish - rejaga nisbatan 130,3 %, quduqlarni burg’ulash 101,0 %, yer usti lahmlarini o’tish 102,4 %, 17,3 mlrd. so’m o’zlashtirildi.

2017 yil I yarimyilligi davomida eksport ko’rsatkichi 109,1% bajarildi, shu jumladan IIChB mahsuloti - kuydirilgan molibden briketlari va uchoksidli molibden shaklida ishlab chiqarildi. Yangi mahsulot turlari eksport qilindi: ЦАМ quymasi (rux – 95%, alyumin – 4 %, mis – 1%) va portlandsement.

2017 yil I yarimyilligida davomida "Uzb RTSB" AJ birja savdolari orqali mis mahsulotlari, rux metallic, rux kukuni, portlandsement va ЦАМ quymasini sotish amalga oshirildi.

Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat topshiriqqa nisbatan qiymati 6,5 mlrd so'mlik (НДС hisobisiz) yoki 108,8 % xalq iste'moli mollari ishlab chiqardi, o’sish sur'ati 100 % tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2016 yildagi PQ-2697-sonli qaroriga binoan 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 577,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2017 yilning I yarimyilligida 135 mlrd. so’m o’zlashtirildi yoki istiqbolga nisbatan 104,9 % tashkil etdi.

Mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi: 

Nomlanishi

eja
(mln. so'm)

Amalda
(mln. so'm)

% baj.
1 Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho'q" yer osti uchastkasini qurish  7 322,5  9 909,3  135,3
2 Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodini qurish 89 896,6   92 122,0 102,5 
“Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida eshik qulflari va ilgak ishlab chiqarishni tashkil qilish      
Toshkent viloyatida “Uzoq” konini o’zlashtirish 11 730,3  12 943,8   110,3
Toshkent viloyatida rux oksidi (rux belilasi) ishlab chiqarishni tashkillashtirish    31,5  
 6   “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida smesititellar uchun ruchkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.      
7 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida o’chirgichlar va rozetkalar uchun kontaktlar va klemmalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.      
8 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida latun fitinglari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.   110,0   
9 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida ruxli korpusli smesititellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.      
10 Qo’rg’oshin zavodi qurilishini tashkil etish. 213,3   427,7 200,5 
11 Chirchiq shahrida Nodir metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish (qattiq qotishmali mahsulotlar, burg’ulash va sharochniy(zoldirsimon) dolotlar va boshqalar) 177,7  180,7   101,7
12 Noyob yer metallarini qayta ishlab bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish majmuasini tuzish. O’z.NMICHB-NMIICHM.      
13  Olmaliq shahrida 70 dona Ko’mir briketlarini ishlab chiqarish bo’yicha uskuna tayyorlashni yo’lga qo’yish      
14 Mis eritish zavodidagi kompressor stantsiyasini texnik qayta qurollantirish. 35,5  127,3  358,0 
15 Toshkent viloyatidagi Mis va oltin tarkibli kontsentratlarni filtrlash va quritish uchastkasini qayta jihozlash 8 353,4  8 085,3  96,8 
16 Chirchiq shahrida Yuqori haroratli keramika (sopol) mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish. 177,7  180,1   101,4
17 Toshkent viloyatida molibden kontsentratidan molibden tuzlarini ishlab chiqaruvchi gidrometallurgiyach sexini texnik qayta jihozlash va qurollantirish.  177,7  178,1 100,2 
18 Eskirgan jihozlar o’rniga yangi jihoz, uskunalar xarid qilish 10 663,9   10 717,0 100,5 
  JAMI 128 748,7   135 012,8 104,9 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 18,4 mld so’mlik 32 ta loyihani amalga oshirmoqda.  2017 yil I yarimyilligida qiymati 9,0 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 134,8 % . 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliyilashtirish dasturi to’g’risidagi" PQ-2298-sonli qaroriga asosoan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqlavraro sanoat kopperatsiyasini 2017 yilda 22,6 mln. dollarga kengaytirish hisobiga importning yaxlit parametrlari qisqartirish ko’zda tutilgan.

2017 yilning birinchi yarim yilligida bu ko’rsatkichning bajarilishi 12,4 mln. dollar yoki bashoratga nisbatan 108 %ni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 227,9 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 172 ta shartnoma tuzildi.

2017 yil I yarimyilligida qiymati 109,6 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,2 % butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi. Qiymati 41,8 mlrd. so’mlik import tovar-mahsulotlar xarid qilindi.

2017 yilda mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid texnik-tashkiliy chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo’lib, unga ko’ra mahsulotni tan narxi 6,8% kamaytirish ko’zda tutilmoqda.

2017 yil I yarimyilligida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija 71,3 mlrd. so’m yoki 6,3 % topshiriqqa nisbatan 5,5%, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish – 60,6 mlrd. so’m yoki 5,4 % topshiriqqa nisbatan 4,3% tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2017 yil 144 ta texnologik jihozlar almashtirish ko’zda tutilmoqda. I yarimyilligida qiymati 3,7 mln. dollarlik 55 ta jihoz almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.07.2017 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik hosil bo’lmagan holda 105,0 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa -157,2 mlrd. so'm, muddati o’tgan kreditorlik qarzdorlik 3,1 mlrd. so'm.

Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmaliq KMK" AJ da 2017 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlar 2017 yil I yarimyilligida quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 68,7 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i - 17,8 mln. m³;

Issiqlik energiyasi manbaalarini 17,5 mlrd. so’mga iqtisod qilindi.

“Olmaliq KMK” AJ korparativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga binoan:

Aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari samaradorligini va Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha komissiyaning 31.12.2015 yildagi №9 yig’ilishi qaroriga asosan tasdiqlangan tavfsiyalar va Korporativ boshqaruv Kodeksiga rioya qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJda 2016 yilda Korporativ boshqaruv tizimi yakunlarini baholash bo’yicha tanlov o’tkazilgan. Tegishli e’lonlar ommaviy axborot vositalari (Biznes Daily bosma nashrida 21.03.2017 yil №32(3203) sonida, korporotiv ma’lumotlarning www.openinfo.uz, portalida “Toshkent” fond birjasining www.uzse.uz saytida va “Olmaliq KMK” AJning www.agmk.uz. saytida berilgan.

“Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv Kengashi yig’ilishi bayonnomasi qaroriga ko’ra «Konsaudit» MCHJ Auditorlik tashkiloti mustaqil audit tekshiruv tashkiloti sifatida tanlangan.

Joriy yilning may oyida baholash o’tkazilib, uning natijalariga ko’ra“Olmaliq KMK” AJ ning korporativ boshqaruv tizimi korporativ boshqaruvni baholash mezonlariga asosan yuqori balli deb baholandi.

Baholashning natijalari “Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv Kengashining 2017 yil 29 iyunidagi yig’ilishida va “Olmaliq KMK” AJ aksionerlarining 2016 xo’jalik yili yakunlariga bag’ishlangan yillik umumiy yig’ilishida ko’rib chiqildi.

Tegishli xizmatlarning 7 nafar xodimlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o’quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Korporativ boshqaruv: joriy etilishi, tamoyillari va mexanizmlari” va “HR-personallarni boshqarish” kursalarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirishga muvafaq bo’lishdi.

Korporatik boshqaruvning zamonaviy uslublarini chuqur o’rganish, o’zlashtirish va joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv ilmiy-o’quv markazi (Toshkent shahri) “Olmaliq KMK” AJ bilan hamkorlikda o’quv qo’llanmasini tayyorladi (adadi 120 nusxada) chop etdi, ushbu qo’llanma so’ngi yillarda aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini joriy etishni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan barchanormativ-huquqiy lokal hujjatlari, korporativ boshqaruvning yuzaga kelish tarixi, korporativ boshqaruvning tamoyillari, jahon ilhor davlatlarining tajribalari, korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish bo’yicha tavfsiyanomalarni o’zida mujassam etgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7 may 2017 yildagi № 512 sonli farmoyishiga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ ning to’rt nafar mutaxasislari nomzodlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o’quv markazi va korporativ boshqaruv va zamonaviy menedjementning ilg’or uslublarini amalda keng qo’llab kelayotgan Yevropa menedjement va texnologiyalar maktabi (Germaniya) tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari tinglovchilari sifatida taqdim etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyundagi № 207 sonli ” Davlat ulushi bo’lgan aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to’g’risida”gi qaroriga asosan «Konsauditinform» MCHJ auditorlik tashkiloti tomonidan 2017 yil iyun oyida, “Olmaliq KMK” AJ faoliyatini baholashning asosiy ko’rsatkichlari”ga asosan “Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatining 2016 yilgi faoliyati yakunlarini baholash amalga oshirilgan va ushbu tashkilot tomonidan asosiy bashorat ko’rsatkichlari samaradorligi va”Olmaliq KMK” AJ ijro organining 2016 yildagi integral koeffitsenti samaradorligi bo’yicha audit hisoboti topshirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyundagi № 207 sonli ” Davlat ulushi bo’lgan aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to’g’risida”gi qaroriga asosan ”Olmaliq KMK” AJ kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan ”Olmaliq KMK” AJ faoliyatini samaradorligini baholash asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida”gi Qoidalarga ko’ra kombinatning 2016 yildagi faoliyati samaradorligini baholash o’tkazilgan. ”Olmaliq KMK” AJning samaradorlik integral koeffitsenti (IKE) 2017 yilning II choragi yakunlariga ko’ra 415%ni tashkil etdi (ijro organining samaradorligi yuqori baholanadi- agar IKE ko’rsatkichi 100 foizdan ortiq bo’lsa).

Belgilangan ishlar rejasiga ko’ra joriy yilning iyun oyida ”Olmaliq KMK” AJ ijro organi tomonidan ommaviy axborot vositalari (Korporativ ma’lumotlarning yagona portali, “Toshkent” Fond birjasining rasmiy sayti va ”Olmaliq KMK” AJning rasmiy saytlari)da moliyaviy hisobotlar va auditlarning Halqaro standartlariga muvoq holda 2016 yilning yakunlari bo’yichamoliyaviy hisobotlar chop etildi.

Dasturga binoan 2017 yilda 252 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 192 ta ish o’rni, investision dastura binoan 60 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

2017 yil I yarimyilligida 127 ta yangi ish o’rni tashkil qilindi, shundan, sohani rivojlantirish 107 ta ish o’rni, investision dastura binoan 20 ta ish o’rni yaratildi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 2269 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 768 ta muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o’tadi, hamda ishlab chiqarishdan uzilgan holda 988 kishi o'qitildi.

To’lov-shartnoma asosida 137 kishi o’qimoqda, MISiS Milliy Texnologik Universiteti magistraturasida 14 nafar talaba sirtdan ta'lim olmoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 754 mln. so’mni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan yetita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda. Kombinat mutaxasislari tomonidan kasb-hunar kollejlarida o’quvchilar, maxsus fan o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish ustalari uchun o’quv mashg’ulotlari, seminarlar va leksiyalar o’tkazildi.

2017 yil I yarimyilligida kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 2349 nafarishlab chiqarish amaliyotini o’tashdi, shu jumladan 2 kurs o’quvchilari 1078 nafar va 3 kurs o’quvchilarining 1271 tasi ishlab chiqarish amaliyotini o’tashdi.

2017 yil I yarimyilligida 487 nafar kolledj bitiruvchilari va 249 nafar Oliy o’quv yurti bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

«Olmaliq KMK» AJda axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish maqsadida rasmiy veb sayt yangilanib, barcha materiallar 3 ta tillar(o’zbek, rus, ingliz)da chop etib borilmoqda. Belgilangan tartibda axborotlar xavfsizligi ekspertizasi o’tkazib kelinmoqda.

Mavjud Koorporativ boshqaruvi moliyaviy hisobotining axborot tizimini modernizatsiyalash amalga oshirilmoqda. Moliyaviy manbalarning harakati bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni tahlil qilish borasida interfays ishlab chiqilgan, bankdagi hisobga boshlang’ich saldolarning kirishi va OKMKning pul mablag’lari kelib tushishi bo’yicha interfeyslarga kirish bo’yicha hisobotlarni olish yuzasidan tizimlar yaratilgan. “OKMKning temiryo’llarida yuk operatsiyalarini tashkil etish” bo’yicha axborot tizimi ishlab chiqilib ishlab chiqarish ekspluatatsiyasiga joriy etildi. Tizim OTKning temir yo’llarida yuklash-tushirish operatsiyalarini boshqarish va yuk operatsiyalari sifatini tahlil qilib borishga mo’ljallangan.

AKT yo’nalishida minimal kompyuter savodxonligini 21 nafar xodim oshirishga muvaffaq bo’ldi.

“Olmaliq KMK” AJ energiyaning alternativ manbaalarini qo’llashni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar bajarilmoqda. 2017 yil I-yarimyilligida Sanoat temir yo’l transporti boshqarmasining 3-TYS va 32TYS ma’muriy-maishiy binosida geliojihozlarni ishga tushirish ko’zda tutilmoqda. 2017 yil I yarimyilligida 40 ta geliojihozlar ishga tushirildi va jihozlarni ishlash hisobiga yilliga 8 mln. so’m iqtisod qilinadi.

“Olmaliq KMK” AJda”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi doirasida beshta ustuvor yo’nalishlar bo’yicha 6,8 mlrd.so’mlik 32 ta tadbir ishlab chiqilib tasdiqlangan. 2017 yilning I yarimyilligida 3,8 mlrd.so’mlik 17 ta tadbir bajarildi.

2017 yil I yarimyilligida kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida:

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari – 34,4 t;

Go’sh mahsulotlari – 22,2 t;

Sut mahsulotlar – 996 t yetkazib berildi.

2017 yilda asosiy oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha bashorat ko’rsatkichlarini bajarish, shuningdek yangi yordamchi xo’jaliklarni tashkil etish maqsadida kombinat mutaxasislari tomonidan yiliga 5000 tonna miqdorida meva-savzavot mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonani tuzish maqsadida bitimlar tuzilgan Ayni kunga kelib qo’shma korxonani tuzishga maqsadiga yo’naltirilgan bayonotnomani rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda..

Yilliga 300 bosh cho’chqadan iborat bo’lgan cho’chqachilik fermasi ishga tushirildi. 174 bosh cho’chqa bolalari keltirildi.

O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda Qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish va ijro intizomi tizimini takomillashtirish maqsadlarida ”Olmaliq KMK” AJ Markaziy apparati tarkibida(2017 yil 26 aprelidagi № 322 buyruq) yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qiluvchi xizmat tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tashqidiy baholab borish tizimi joriy etilgan.

Bosh direktor, bosh muhandis va markaziy apparatning yo’nalishlariga rahbarlik qiluvchi direktorlarning funksional majburiyatlari ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelidagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshirig’lari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamalanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g’risida”gi PQ-2881-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshvaruv va xo’jalik organlari, Qoraqalpog’izton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, rayion va tumanlar hokimlariga intizimoiy jazolarni qo’llash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 10 mayda tasdiqlangan №264 nizomga asosan “Olmaliq KMK” AJ lavozim rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo’llash tartiblari to’g’risida” qoidalar tasdiqlangan va joriy etilgan.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o’rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan.Har kunlik aholi qabuli tashkil qilingan.

2017 yil I yarimyilligida 2194 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 797 ta yozma va 867 ta og’zaki, 509 ta virtual qabulxona orqali va 21 ta Yagona interfaol davlat portal orqali kelib tushgan murojaatlar. 88 ta ariza bo’yicha chora ko’rildi, 1900 ta ariza bo’yicha tushuntirildi, 115 ta ariza ko’rib chiqilmoqda va 91 rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishqa qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o’tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

Yuklab olish (format - pdf, hajmi - 265 Kb)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech