http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Analitika va statistika

"Olmaliq KMK" AJning 2017 yil yakunlari

Tovar mahsulot chiqarish o’sish sur'ati 2016 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 104,1 % tashkil etdi.

Mis mahsuloti ishlab chiqarish 103,2 %, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 100,0% tashkil etdi, rux metalli 110,9 %, shu jumladan o’z xom ashyosi hisobidan 102,2 %, sul'fat kislotasi 112,6 %, molibden uchokisi 110,5%, volfram uchokisi 129,3%, affinajlangan oltin 100,1 % va affinajlangan kumush 100,3 % tashkil etdi. O’sish ko’rsatkichi 104,3% tashkil etdi.

2017 yil davomida eksport ko’rsatkichi 110,6% bajarildi.

2017 yil davomida "Uzb RTSB" AJ birja savdolari orqali mis mahsulotlari – 101,7, rux metalli – 100,0 sotish amalga oshirildi.

Ichki bozorni to’ldirish maqsadida kombinat topshiriqqa nisbatan qiymati 17,1 mlrd so'mlik (НДС hisobisiz) yoki 136,2 % xalq iste'moli mollari ishlab chiqardi, o’sish sur'ati 124,9 % tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2016 yildagi PQ-2697-sonli qaroriga binoan 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Kapital quyilmalarning yillik hajmi 810,9 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2017 yilda 823,4 mlrd. so’m o’zlashtirildi yoki istiqbolga nisbatan 101,5 % tashkil etdi.

Mablag’larni o’zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi:

Nomlanishi Reja
(mln. so'm)
Факт
(млн.сум)
% вып.
1 Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho'q" yer osti uchastkasini qurish 33769,0 33772,2 100,0
2 Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodini qurish 284086,0 293398,5 103,3
“Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida eshik qulflari va ilgak ishlab chiqarishni tashkil qilish 9953,0 3849,7 38,7
Toshkent viloyatida “Yoshlik-I” konini o’zlashtirish 355925,1 370653,4 104,1
Toshkent viloyatida rux oksidi (rux belilasi) ishlab chiqarishni tashkillashtirish 6042,9 4824,5 79,8
6 Xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash uchun ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (Qalmoqqir, Sari-cho’qqi, STYTB, ATB, MBF) 47276,6 47501,6 100,5
7 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida smesititellar uchun ruchkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. 5331,9 5331,9 100,0
8 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida latun fitinglari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. 7820,2 714,3 9,1
9 “Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialida ruxli korpusli smesititellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. 71,1    
10 Qo’rg’oshin zavodi qurilishini tashkil etish. 355,5 427,7 120,3
11 Chirchiq shahrida Nodir metallardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish (qattiq qotishmali mahsulotlar, burg’ulash va sharochniy(zoldirsimon) dolotlar va boshqalar) 3554,6 3555,0 100,0
12
Olmaliq shahrida 70 dona Ko’mir briketlarini ishlab chiqarish bo’yicha uskuna tayyorlashni yo’lga qo’yish 4 265,6 3316,0 77,7
13  Mis eritish zavodidagi kompressor stantsiyasini texnik qayta qurollantirish. 12192,4 15519,0 127,3
14 Toshkent viloyatidagi Mis va oltin tarkibli kontsentratlarni filtrlash va quritish uchastkasini qayta jihozlash 8353,4 8468,2 101,4
15 Chirchiq shahrida Yuqori haroratli keramika (sopol) mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish. 1777,3 1788,7 100,6
16 Toshkent viloyatida molibden kontsentratidan molibden tuzlarini ishlab chiqaruvchi gidrometallurgiyach sexini texnik qayta jihozlash va qurollantirish. 1777,3 1788,7 100,7
17 Eskirgan jihozlar o’rniga yangi jihoz, uskunalar xarid qilish 28437,0 28453,2 100,1
  JAMI 810 988,8 823 363,0 101,5

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 17,6 mld so’mlik 29 ta loyihani amalga oshirmoqda.  

2017 davomida qiymati 22,3 mlrd. so’mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 127,0 % . 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2015 yildagi "2015-2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliyilashtirish dasturi to’g’risidagi" PQ-2298-sonli qaroriga asosoan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqlavraro sanoat kopperatsiyasini 2017 yilda 22,6 mln. dollarga kengaytirish hisobiga importning yaxlit parametrlari qisqartirish ko’zda tutilgan.

2017 yil davomida bu ko’rsatkichning bajarilishi 23,9 mln. dollar yoki bashoratga nisbatan 106,1 %ni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasida umumiy qiymati 227,9 mlrd. so’m bo’lgan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish uchun 172 ta shartnoma tuzildi.

2017 yil davomida qiymati 227,9 mlrd so’m yoki istiqbolga nisbatan 100,0 % butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilindi. Qiymati 77,3 mln. dollarlik import tovar-mahsulotlar xarid qilindi.

2017 yilda mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid texnik-tashkiliy chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo’lib, unga ko’ra mahsulotni tan narxi 6,8% kamaytirish ko’zda tutilgan.

2017 yil davomida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija qiymati 164,7 mld. so’m, yoki 6,8 % topshiriqqa nisbatan 6,9% tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2017 yil 211 ta texnologik jihozlar almashtirish ko’zda tutilgan bo’lib, qiymati 24,7 mln. dollarlik 175 ta jihoz almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.01.2018 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o’tgan qarzdorlik hosil bo’lmagan holda 345,0 mlrd. so’m, kreditorlki qarzdorlik esa 430,5 mlrd. so'm, muddati o’tgan kreditorlik qarzdorlik 7,8 mlrd. so'm.

Kombinat budjet oldida va ish xaqi bo’yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmaliq KMK" AJ da 2017 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko’rsatkichlar 2017 yilda quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 153,4 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i - 42,4 mln. m³;

Issiqlik energiyasi manbaalarini 41,2 mlrd. so’mga iqtisod qilindi.

“Olmaliq KMK” AJ korparativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga binoan:

Aksiodorlik jamiyatlari faoliyatlari samaradorligini va Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha komissiyaning 31.12.2015 yildagi №9 yig’ilishi qaroriga asosan tasdiqlangan tavfsiyalar va Korporativ boshqaruv Kodeksiga rioya qilish maqsadida “Olmaliq KMK” AJda 2016 yilda Korporativ boshqaruv tizimi yakunlarini baholash bo’yicha tanlov o’tkazilgan. Tegishli e’lonlar ommaviy axborot vositalari (Biznes Daily bosma nashrida 21.03.2017 yil №32(3203) sonida, korporotiv ma’lumotlarning www.openinfo.uz, portalida “Toshkent” fond birjasining www.uzse.uz saytida va “Olmaliq KMK” AJning www.agmk.uz. saytida berilgan.

“Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv Kengashi yig’ilishi bayonnomasi qaroriga ko’ra «Konsaudit» MCHJ Auditorlik tashkiloti mustaqil audit tekshiruv tashkiloti sifatida tanlangan. Joriy yilning may oyida baholash o’tkazilib, uning natijalariga ko’ra“Olmaliq KMK” AJ ning korporativ boshqaruv tizimi korporativ boshqaruvni baholash mezonlariga asosan yuqori balli deb baholandi.

Baholashning natijalari “Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv Kengashining 2017 yil 29 iyunidagi yig’ilishida va “Olmaliq KMK” AJ aksionerlarining 2016 xo’jalik yili yakunlariga bag’ishlangan yillik umumiy yig’ilishida ko’rib chiqildi.

“Olmaliq KMK” AJ ning 12 nafar xodimlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o’quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Korporativ boshqaruv: joriy etilishi, tamoyillari va mexanizmlari” va “HR-personallarni boshqarish” kurslarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirishga muvafaq bo’lishdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7 may 2017 yildagi № 512 sonli farmoyishiga muvofiq “Olmaliq KMK” AJ ning 4 nafar mutaxasislari nomzodlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o’quv markazi va korporativ boshqaruv va zamonaviy menedjementning ilg’or uslublarini amalda keng qo’llab kelayotgan Yevropa menedjement va texnologiyalar maktabi (Germaniya) tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari tinglovchilari sifatida taqdim etildi.

“Olmaliq KMK” AJda aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda shu asosda ishlab chiqarish samaradorligi, mineral-xom ashyo bazasi va ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish, rudalar, rangli, qimmatbaho va nodir metallar, ichki-tashqi bozorlarda barqaror talab bo’lgan boshqa raqobatbardosh mahsulotlarni qazib olish va ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi (PQ-3280 15.09.2017y.) va u “Olmaliq KMK” AJ so’zsiz ijro etilishi belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyundagi № 207 sonli ” Davlat ulushi bo’lgan aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to’g’risida”gi qaroriga asosan ”Olmaliq KMK” AJ kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan ”Olmaliq KMK” AJ faoliyatini samaradorligini baholash asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida”gi Qoidalarga ko’ra kombinatning 2016 yildagi faoliyati samaradorligini baholash o’tkazilgan. ”Olmaliq KMK” AJning samaradorlik integral koeffitsenti (IKE) 2017 yil yakuniga ko’ra 470,4%ni tashkil etdi (ijro organining samaradorligi yuqori baholanadi- agar IKE ko’rsatkichi 100 foizdan ortiq bo’lsa).

Dasturga binoan 2017 yilda 252 yangi ish joylarini yaratish ko’zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 192 ta ish o’rni, investision dastura binoan 60 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

2017 yilda 816 ta yangi ish o’rni tashkil qilindi, shundan, sohani rivojlantirish 216 ta ish o’rni, investision dastura binoan 597 ta ish o’rni yaratildi, uy mehnatini rivojlantirishga 3 ta ish o’rni yaratildi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o’qitish dasturiga muvofiq 4893 kishi malaka oshirish bo’yicha o’qitildi, 1274 ta muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlash va ikkinchi sohani o’zlashtirish maqsadida malaka oshirish kurslarini o’tadi, hamda ishlab chiqarishdan uzilgan holda rahbarlardan va mutaxassislardan 1726 kishi malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o'qitildi.

To’lov-shartnoma asosida 163 kishi o’qimoqda, shuningdek Rossiya Federasiyasi oliy bilim yurtlarida 146 kishi ta’lim olmoqda. Toshkent davlat texnika universitetining sirtqi va kechki bo’limlarida 111 kishi, hamda Navoiy davlat konchilik institutining sirtqi bo’limlarida 20 kishi tehsil olmoqda.

MISiS Milliy Texnologik Universiteti magistraturasida 13 nafar talaba ta'lim olmoqda. Shartnoma to’lovi uchun harajatlar 2237 mln. so’mni tashkil etdi.

"Olmaliq KMK" AJ o’ziga biriktirilgan yetita kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish yuzasidan kooperasion aloqalarni mustahkamlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuini bajardi. Chora-tadbirlarga binoan kombinat tarkibiy bo’linmalari tomonidan o’quv ustaxonalari va laboratoriyalarini jihozlash bo’ychia homiylik yordami ko’rsatilmoqda.

2017 yil davomida kombinat tarkibiy bo’linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 2349 nafarishlab chiqarish amaliyotini o’tashdi, shu jumladan 2 kurs o’quvchilari 1078 nafar va 3 kurs o’quvchilarining 1271 nafari ishlab chiqarish amaliyotini o’tashdi.

2017 yil davomida 2562 nafar kolledj bitiruvchilari va 853 nafar Oliy o’quv yurti bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yildagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish ustuvor vazifalari to’g’risida”gi PQ-2569 Qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish bo’yicha “Olmaliq KMK” AJda amalgav oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar xususida ma’lumotlar:

  1. “Xizmat ma’lumotlarini NPOda boshqqarish, shakllantirish va saqlash bo’yicha elektron arxivni yaratishda axborot tizimlarini joriy etish” loyihasi bo’yicha ishlar o’z yakuniga yetkazildi. Kombinatning yangi tarkibiy bo’linmasida arxiv xizmat ma’lumotlarini boshqarish, shakllantirish va saqlashning elektron tizimini joriy etish vazifasi joriy yilning birinchi yarmida o’z yakuniga yetkazildi. Arxiv xizmat ma’lumotlarini boshqarish, shakllantirish va saqlashning elektron tizimini yo’lga qo’yish uchun Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida oldindan bo’shatilgan serverlar o’rniga OKMKning ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlash serveri o’rnatildi.Tizim shtat rejimida ishlamoqda.
  2. “Kirib borishni nazorat kilish boshqarish tizimini joriy etish” loyihasi bo’yicha ishlar yakunlandi.(O’zQEO’CHMK” AJning loyihasi). Tizim ishlab chiqarishda foydalanishga topshirildi.
  3. “Operativ-ishlab chiqarish va texnologik faoliyatni kompьyuterlashtirish bo’yicha axborot tizimini joriy etish” tizimini joriy etish” loyihasi yuzasidan ishlar yakunlandi. Tizim ishlab chiqarishda foydalanishga topshirildi. Operativ sutkalik ma’lumotlar tizimi ishlab chiqildi.. umumiy qiymati 248 mln. so’m bo’lgan kompьyuter jihozlari xarid qilindi..

«Olmaliq KMK» AJda axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish maqsadida rasmiy veb sayt yangilanib, barcha materiallar 3 ta tillar(o’zbek, rus, ingliz)da chop etib borilmoqda. Belgilangan tartibda axborotlar xavfsizligi ekspertizasi o’tkazib kelinmoqda.

Mavjud Koorporativ boshqaruvi moliyaviy hisobotining axborot tizimini modernizatsiyalash amalga oshirilmoqda. Moliyaviy manbalarning harakati bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni tahlil qilish borasida interfays ishlab chiqilgan, bankdagi hisobga boshlang’ich saldolarning kirishi va OKMKning pul mablag’lari kelib tushishi bo’yicha interfeyslarga kirish bo’yicha hisobotlarni olish yuzasidan tizimlar yaratilgan.

“Olmaliq KMK”ning temiryo’llarida yuk operatsiyalarini tashkil etish” bo’yicha axborot tizimi ishlab chiqilib ishlab chiqarish ekspluatatsiyasiga joriy etildi. Tizim OKMKning temir yo’llarida yuklash-tushirish operatsiyalarini boshqarish va yuk operatsiyalari sifatini tahlil qilib borishga mo’ljallangan.

AKT yo’nalishida minimal kompyuter savodxonligini 78 nafar xodim oshirishga muvaffaq bo’ldi.

Avgust oyida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha forum o’tkazilib, unda “Olmaliq” KMK” AJ da axborot texnologiyalarini rovojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Amalda faoliyat yuritayotgan ma’lumotlarni uzatish bo’yicha simsiz tizimni modernizatsiyalash bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo’nalishdagi ishlarni 2018 yilning I choragida yakuniga yetkazish rejalangan. Modernizatsiyalash olisda, yetib borish murakkab bo’lgan tog’oldi nohiyalarda joylashgan bo’linmalar o’rtasida ma’lumotlarni uzatish tarmog’ining o’tkazish 60 Mbits/soatgacha oshirish ko’zda tutigan.

“Olmaliq KMK” AJda”Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi doirasida beshta ustuvor yo’nalishlar bo’yicha 6,8 mlrd. so’mlik 32 ta tadbir ishlab chiqilib tasdiqlangan. 2017 yilda 7,8 mlrd.so’mlik 22 ta tadbir bajarildi.

2017 yilda kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go’sht-sut va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish maqsadida:

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari – 4058,5 t;

Go’sh mahsulotlari – 101,9 t;

Sut mahsulotlar – 1997,0 t;

Mevalar – 117,1 tonna yetkazib berildi.

O’tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o’rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda Qonunlar, O’bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosining borishini o’rganish tizimini joriy etish bo’yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish va ijro intizomi tizimini takomillashtirish maqsadlarida ”Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida(2017 yil 26 aprelidagi № 322 buyruq) Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qiluvchi xizmat tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tashqidiy baholab borish tizimi joriy etilgan.

Bosh direktor, bosh muhandis va Ijro apparatning yo’nalishlariga rahbarlik qiluvchi direktorlarning funksional majburiyatlari ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelidagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshirig’lari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamalanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g’risida”gi PQ-2881-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshvaruv va xo’jalik organlari, Qoraqalpog’izton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, rayion va tumanlar hokimlariga intizimoiy jazolarni qo’llash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 10 mayda tasdiqlangan №264 nizomga asosan “Olmaliq KMK” AJ lavozim rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo’llash tartiblari to’g’risida” qoidalar tasdiqlangan va joriy etilgan.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o’rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2017 yilda 3665 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 1289 ta yozma va 1565 ta og’zaki, 780 ta virtual qabulxona orqali va 31 ta Yagona interfaol davlat portal orqali kelib tushgan murojaatlar. 161 ta ariza bo’yicha chora ko’rildi, 3272 ta ariza bo’yicha tushuntirildi, 82 ta ariza ko’rib chiqilmoqda va 142 rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishqa qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o’tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech