Analitika va statistika

"Olmaliq KMK" AJ 2018 yil I yarimyillik yakunlari

Tovar mahsulot ishlab chiqarish o`sish sur'ati 2017 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 102,0 % tashkil etdi.

Mis qazib olish belgilangan topshiriqqa nisbatan 99,7%, mis mahsuloti ishlab chiqarish 104,9 %, shu jumladan o`z xom ashyosi hisobidan 100,1% tashkil etdi, rux metalli 96,4 %, shu jumladan o`z xom ashyosi hisobidan 101,1 %, sul'fat kislotasi 95,2 %, molibden uchokisi 111,7%, affinajlangan oltin 101,5 % va affinajlangan kumush 100,8 % tashkil etdi.

Mis xom ashyosini qayta ishlash topshiriqqa nisbatan 100,0%, o`sish ko`rsatkichi 106,4% tashkil etdi.

2018 yil I yarimyillik davomida mahsulotlar 141,0% eksport qilindi.

2018 yil I yarimyillik davomida "Uzb RTXB" AJ birja savdolari orqali mis mahsulotlari topshiriqqa nisbatan – 100,0%, rux metalli – 100,0%, portlandsement – 107,1% sotish amalga oshirildi.

Ichki bozorni to`ldirish maqsadida kombinat topshiriqqa nisbatan qiymati 11,6 mlrd so`mlik (QQS hisobisiz) yoki 100,6 % xalq iste'moli mollari ishlab chiqardi, o`sish sur'ati 101,9 % tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018 yildagi “2018 yil uchun investitsion va inftrastruktura loyihalari ro’yxatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonlin qaroriga asosan“Olmaliq KMK” AJ tomonidan xom ashyolarni qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan 2 081,1 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalangan 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan:

O’z mablag’lari hisobiga – 348,2 mlrd. so’m;

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’i – 1 234,9 mlrd. so’m;

Tijorat banklarining kreditlari – 498,0 mlrd. so’m.

2018 yil I yarimyillikda 1258,5 mlrd. so`mlik investisiya o`zlashtirildi yoki istiqbolga nisbatan 105,1% tashkil etdi. Mablag’larni o`zlashtirish quyidagi tartibda amalga oshirildi:

Nomlanishi

Reja
(mlrd. so`m)

Amalda
(mlrd.

so`m)

% baj.

1

Amaldagi "Qizil-olma" koni negizida "Samarcho`q" yer osti uchastkasini qurish

18,0

18,4

102,3

2

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodini qurish

863,8

864,6

100,1

“Yoshlik-I” konini o`zlashtirish

305,9

364,5

119,2

“Yoshlik-II” konini o`zlashtirish

10,0

10,6

105,4

5

Xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash uchun ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish (Qalmoqqir, Sari-cho`qqi, STYTB, ATB, MBF)

-

-

-

6

“Uch-kuloch” konini ochiq usulda o`zlashtirish

-

0,06

-

 

JAMI

1197,7

1258,5

105,1

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2016 yildagi "2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to`g’risida"gi PQ-2698-sonli qaroriga binoan, "Olmaliq KMK" AJ umumiy qiymati 29,0 mld so`mlik 32 ta loyihani amalga oshirmoqda.  

2018 yil I yarimyillik davomida qiymati 43,3 mlrd. so`mlik mahalliyilashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bajarildi yoki istiqbolga nisbatan 306,4 % erishildi. 

2018 yil I yarimyillik mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid texnik-tashkiliy chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo`lib, unga ko`ra mahsulotni tan narxi 273,7 mlrd. so`m yoki 7,5% ga kamaytirish ko`zda tutilgan.

2018 yil I yarimyillik davomida ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuini bajarishdan kutilayotgan natija qiymati 6,7% topshiriqqa nisbatan 6,1 %, shu jumladan ishlab chiqarish tannarxi 6,3% topshiriqqa nisbatan 5,2 % tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2016 yildagi "Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq kombinat tomonidan 2018 yilda qiymati 22361,1 mln. dollarlik 360 ta texnologik jihozlar almashtirish va moderinizatsiya qilish ko`zda tutilgan.

2018 yil I yarimyillikda qiymati 576,5 ming dollarlik 23ta texnologik jihozlar almashtirildi.

Kombinat tomonidan boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy ahvolni mustahkamlash va debitorlki va kreditorlik qarzdorliklarni kamaytirish monitoringini amalga oshirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

01.07.2018 yil holatiga kutilayotgan debitorlik qarzdorlik muddati o`tgan qarzdorlik hosil bo`lmagan holda 436,2 mlrd. so`m, kreditorlki qarzdorlik esa 390,0 mlrd. so`m.

Kombinat byudjet oldida va ish haqi bo`yicha qarzdorlikka ega emas.

"Olmaliq KMK" AJ da 2018 yil uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ularni bajarish hisobiga yoqilg’i-energiya resurslarini iqtisod qilishning kutilayotgan ko`rsatkichlar 2018 yil I yarimyillikda quyidagilarni tashkil etdi:

  • elektrenergiyasi – 66,5 mln. kVt/s; 
  • yoqilg’i – 16,9 mln. m³;

Issiqlik energiyasi manbaalarini 19,2 mlrd. so`mga iqtisod qilindi.

"Olmaliq KMK" AJda alternativ energiya manbaa kengaytirish tadbirlari bajarilmoqda. 2018 yilda Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasining “Oltin-olma” pansionatiga 60 ta geliouskuna tadbiq etish ko`zda tutilgan bo`lib, yiliga 0,2 mln. kVt/s elektroenergiyani iqtisod qilish imkonini beradi.

Korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarni chuqur o’rganish va maqsadga muvofiq joriy etilishini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasining korporativ boshqaruv bo’yicha ilmiy-o’quv markazi “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda o’quv qo’llanmasni tayyorladi, o’ o’zida aktsionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha so’ngi yillarda qabul qilingan normativ-lokal hujjatlarini, korporativ boshqaruvning tarixi, korporativ boshqaruvning tamoyillari, horij davlatlarining jahon tajribaslarini, korporativ boshqaruv tizimini kelgusida rovojlantirish bo’yicha tavsiyalarni mujassam etadi.

2018 yil I yarimyillikda “Olmaliq KMK” AJ ning 3 nafar xodimlari Korporativ boshqaruv ilmiy-o`quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Korporativ boshqaruv: joriy etilishi, tamoyillari va mexanizmlari” va “HR-personallarni boshqarish” kurslarida o`z bilim va ko`nikmalarini oshirishga muvafaq bo`lishdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyundagi № 207 sonli ” Davlat ulushi bo`lgan aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to`g’risida”gi qaroriga asosan ”Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan ”Olmaliq KMK” AJ faoliyatini samaradorligini baholash asosiy ko`rsatkichlari to`g’risida”gi qoidalarga ko`ra kombinatning 2017 yildagi faoliyati samaradorligini baholash o`tkazilgan. ”Olmaliq KMK” AJning samaradorlik integral koeffitsenti (IKE) 2017 yil IV yarimyillik yakuniga ko`ra 458,07%ni tashkil etdi (Agar IKE ko`rsatkichi 100 foizdan ortiq bo`lsa ijro organining samaradorligi yuqori baholanadi). O`zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo`mitasi huzuridagi davlat aktivlarini boshqarish markazining rasmiy veb saytida natijalar joylashtirilgan.

Dasturga binoan 2018 yilda 820 yangi ish joylarini yaratish ko`zda tutilgan, shundan, sohani rivojlantirish 280 ta ish o`rni, investitsion dasturga binoan 590 ta ish o`rni yaratish ko`zda tutilgan.

2018 yil I yarimyillikda 350 ta yangi ish o`rni tashkil qilindi, shundan, sohani rivojlantirish 74 ta ish o`rni, investision dasturga binoan 276 ta ish o`rni yaratildi.

Ishchi-xizmatchilarni texnik o`qitish dasturiga muvofiq 2300 nafar va ikkinchi sohani o`zlashtirish maqsadida 1047 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslarini o`qishdi, rahbarlardan va mutaxassislardan 934 kishi, shu jumladan 374 kishi ishlab chiqarishdan uzilgan holda malakalarini oshirishdi va qayta tayyorlash kurslarida o`qitildi.

To`lov-shartnoma asosida 295 kishi o`qimoqda, shuningdek Rossiya Federasiyasi oliy bilim yurtlarida 146 kishi ta’lim olmoqda. Toshkent davlat texnika universitetining sirtqi va kechki bo`limlarida 112 kishi, hamda Navoiy davlat konchilik institutining sirtqi bo`limlarida 20 kishi tahsil olmoqda.

MISiS Milliy Texnologik Universiteti magistraturasida 13 nafar talaba surtqi va 4 nafar talaba kunduzgi bo`limlarda ta'lim olmoqda.

2018 yil I yarimyillik davomida kombinat tarkibiy bo`linmalariga biriktirilgan kasb-hunar kollejlarining 1875 nafar o`quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini o`tashdi. Shu vaqt davomida 1056 nafar kollej bitiruvchilari va 310 nafar Oliy o`quv yurti bitiruvchilari ishga joylashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yildagi “Iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish ustuvor vazifalari to`g’risida”gi PQ-2569 Qaroriga muvofiq iqtisodiyotning real sektorlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar va dasturiy mahsulotlarni 2016-2018 yillarda tatbiq etishni rivojlantirish bo`yicha “Olmaliq KMK” AJda umumiy qiymati 18,8 mld so`mlik 6 ta loyiha ko`zda tutilgan. Qarorni amalga oshirish davrida 4,1 mld. so`m mablag` o`zlashtirildi. Shulardan 2 ta loyiha 2018 yilning IV chorakka qadar amalga oshirish rejalashtirilgan:

  1. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Sement zavodini texnologik jarayonini avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.

Ko`zda tutilgan qiymati: 11,6 mld. so`m.

Tizim sement ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilib turish imkonini beradi

Monosxema sifatida zavodning dispetcheriga texnologik jihozlarni jami ishlarni ma’lumotlar ko`rinishida kiritiladi, operator ish joyidan turib barcha texnologik jarayonini avtomatlashtirilgan holda boshqaradi, shuningdek ko`proq sifatli mahsulot ishlab chiqarishda energoresurs (gaz, elekrtoenergiya) harajatlarini qisqarishiga erishiladi.

  1. “Samarcho`q`” yer osti konini avtomatlashtirish tizimini tadbiq etish.

Ko`zda tutilgan qiymati: 3,4 mld. so`m.

Avtomatlashtirish tizimini asosiy texnologik jihozlarni parametrlarini avtomatlashtirilgan rejimda nazorat qilib boradi va avariyani oldini olishda himoyani ta’minlaydi.

AKT yo`nalishida minimal kompyuter savodxonligini bo`yicha 111,6 ming so`mlik harajat bilan 20 nafar xodim malaka oshirishga muvaffaq bo`ldi.

Amalda faoliyat yuritayotgan ma’lumotlarni uzatish bo`yicha simsiz tizimni modernizatsiyalash bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Radioelektron vositalarni vaqtincha tadbiq etish uchun ruxsatnoma qo`lga kiritildi. Ma’lumotlarni uzatish bo`yicha kombinatning olis korxonalaridan Ohak zavodi, Portlatuvchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodlari korporativ tarmoqqa ulandi. Mazkur yo`nalishdagi ishlarni 2018 yilning II chorakda yakuniga yetkazish rejalangan. Modernizatsiyalash olisda, yetib borish murakkab bo`lgan tog’oldi nohiyalarda joylashgan bo`linmalar o`rtasida ma’lumotlarni uzatish tarmog’ining o`tkazish 60 Mbit/s gacha oshirish ko`zda tutigan.

OKMK proksi serveri uchun Huawei RH2288 v3 markali yangi server jihozi ishga tushirildi.

“Olmaliq KMK” AJda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab quvvatlash yili» davlat dasturi doirasida beshta ustuvor yo`nalishlar bo`yicha 12,2 mlrd. so`mlik 39 ta tadbir ishlab chiqilib tasdiqlangan.

2018 yil I yarimyillikda 6,4 mlrd. so`mlik tadbirlar bajarildi.

2018 yil I yarimyillikda kombinat ishchi-xizmatchilarining ehtiyojini qondirish va shahar bozorini go`sht-sut va qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan to`ldirish maqsadida:

Go`sht mahsulotlari – 30 t;

Sut mahsulotlari – 1014 t.

Yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlarini o`z vaqtida bajarish va ijro intizomi tizimini takomillashtirish maqsadlarida ”Olmaliq KMK” AJ Ijro apparati tarkibida(2017 yil 26 aprelidagi № 322 buyruq) Yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlari bajarilishini nazorat qiluvchi xizmat tashkil etilgan va ijro intizomi holatini tanqidiy baholab borish tizimi joriy etilgan.

O`tgan davr mobaynida hujjatlar hisoboti va ularni o`rnatilgan muddatlarda ijro etilishini nazorat qilishni tashkil etish, joylarda Qonunlar, O`bekiston Repsublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari ijrosining borishini o`rganish tizimini joriy etish bo`yicha muayyan ishlar olib borildi, kombinat ish rejasiga binoan tahliliy ma'lumotnomalar rasmiylashtirilgan holda bayonnomalar tuziladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 aprelidagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshirig’lari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamalanishi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to`g’risida”gi PQ-2881-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi, Davlat boshvaruv va xo`jalik organlari, Qoraqalpog’izton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, rayion va tumanlar hokimlariga intizimoiy jazolarni qo`llash to`g’risidagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 10 mayda tasdiqlangan №264 nizomga asosan “Olmaliq KMK” AJ lavozim rahbarlariga intizomiy jazo choralarini qo`llash tartiblari to`g’risida” qoidalar tasdiqlangan va joriy etilgan.

Ichki qarorlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.

2018 yil I yarimyillik davomida “Olmaliq KMK” AJ jami rasmiylashtirilgan aktlar 502 ta bo`lib, shulardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2 ta Farmoni, 23ta Qarori, 1 Farmoyishi, 4 ta topshirig`i hisoblanadi. 37 ta Prezident Devoni topshirig`i, 453 ta O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, 161 ta Bosh vazir va o`rinbosarlarining topshiriqlari, 178 ta ATD Vazirlar Mahkamasining topshiriqlaridir.

O`bekiston Repsublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan hujjatlar (70 ta) umumiy hisobda 54 ta qarorlar qabul qilindi, shu jumladan 46 ta buyruq, 2 ta farmoyish va 4 ta kompleks chora-tadbirlar hisoblanadi.

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojjatlarni batafsil o`rganish va masalalarni ijobiy hal etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilgan. Har kuni aholi qabuli tashkil qilingan.

2018 yil I yarimyillikda 1885 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 432 ta yozma va 867 ta og’zaki, 586 ta elektron manzil orqali kelib tushgan murojaatlar. 126 ta ariza bo`yicha chora ko`rildi, 1668 ta ariza bo`yicha tushuntirildi, 23 ta qaytadan murojaat qilganlar, 73 ta ariza ko`rib chiqilmoqda va 11 rad etildi.

Arizalar mazmuni - moddiy yordam ko`rsatish, ishga joylashish, davolanish hamda uy-joy kommunal savollari, ishga qayta tiklanish va kombinatning boshqa sexlariga ishga o`tish, hamda transport muammolari va boshqalar.

yuklab olish ( format - pdf, hajmi - 342 Kb)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech